23:28 / 06.10.2021
2 097

O‘zbekiston The Times versiyasi bo‘yicha dunyoning eng go‘zal maskanlari qatoridan o‘rin oldi

O‘zbekiston The Times versiyasi bo‘yicha dunyoning eng go‘zal maskanlari qatoridan o‘rin oldi
Foto: «Afisha.uz»
Britaniyaning The Times jurnali sayohat qilish mumkin bo‘lgan dunyoning 29 ta maskani reytingini e’lon qildi. O‘zbekiston mazkur reytingda beshinchi pog‘onani egallagan, deb xabar beradi «Afisha.uz».

Jurnal versiyasiga ko‘ra, O‘zbekistonning o‘ziga xosligi «Buyuk ipak yo‘li davridan beri saqlanib qolgan jahon darajasidagi me’morchiligi» hisoblanadi. Toshkent boy muzeylari va sovet davriga oid binolari bilan alohida qayd etilgan. Samarqand — «ko‘k plitalar bilan qoplangan va dunyoning qadimiy mo‘’jizasi» bo‘lgan Registon ansambli bilan e’tirof etilgan.

Shundan so‘ng Buxoroga ta’rif berilgan bo‘lib, u «uning cho‘l rangiga mos keladigan kalamin rangli xira ko‘chalari» haqida so‘z boradi, «1,5 ming yillik tarixga ega Xiva arxitekturasi shu qadar yaxshi saqlanganki, blokbaster uchun osonlikcha fonga aylanishi mumkin».

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » O‘zbekiston The Times versiyasi bo‘yicha dunyoning eng go‘zal maskanlari qatoridan o‘rin oldi