
Foto: «Aussiedlerbote.de»
Shvetsiyaning mashhur ABBA pop-guruhi 1978 yilda yozilgan, ammo hanuz taqdim etilmagan qo‘shig‘ini 22 oktabrda omma e’tiboriga havola etadi. Bu haqda guruhning «Instagram»dagi sahifasida ma’lum qilindi.
«Just A Notion» qo‘shig‘i Benni Andersson va Byorn Ulveus tomonidan «Voulez-Vous» albomi uchun yozilgan.
Kvartetning yangi albomi taqdimoti 5 noyabr sanasiga belgilangan. Albomdan o‘rin olgan «I Still Have Faith In You» hamda «Don’t Shut Me Down» kompozitsiyalarini ko‘pchilik tinglashga ulgurdi.
Ma’lumot uchun: 1972 yilda tashkil etilgan ABBA guruhi o‘n yillik faoliyatidan so‘ng 1982 yilda tarqab ketgan. 2020 yilda jamoa a’zolari yana birlashishga qaror qilishdi, ular albom va konsert dasturini tayyorlashmoqda. Katta konsert Londonda maxsus qurilgan arenada 2022 yilning 27 may kuni o‘tkazilishi mo‘ljallangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar