08:00 / 22.11.2021
4 606

O‘z go‘zalligining qurboni bo‘lgan hind aktrisasi Zinat Aman 70 yoshda (foto)

O‘z go‘zalligining qurboni bo‘lgan hind aktrisasi Zinat Aman 70 yoshda (foto)
Foto: «kleo.ru»
2021 yil 19 noyabr kuni Hindistonning eng go‘zal aktrisalaridan biri Zinat Aman 70 yoshga to‘ldi. Bollivudning betakror aktrisasi Zinat Amanning karerasi o‘tgan asrning 70-80 yillariga kelib gullab-yashnagan.

Aktrisa o‘zbek tomoshabinlariga «Ali bobo va 40 qaroqchi» filmi orqali tanish. Zinat go‘zallik tanlovlaridagi ishtirokidan so‘ng suratga tushishni boshlagan va o‘zining mahorati bilan Osiyoni zabt etishga muvaffaq bo‘lgan Hindistonning birinchi vakillaridan biri hisoblanadi.

Foto: Pinterest
Zinat suratga tushgan dastlabki ikki film muvaffaqiyatsizlikka uchradi, uchinchisi esa aktrisaga bir vaqtning o‘zida bir nechta mukofotlarni olib keldi. Shundan so‘ng aktrisaga rejissyorlardan birin-ketin takliflar tushgan. Zinat Aman atrofida unga oshiq bo‘lgan insonlar ko‘paya boshladi, u esa Sanjay Xonga ko‘ngil qo‘ydi. O‘sha vaqtda Xonning oilasi va farzandlari bor edi. Ammo u ham go‘zal aktrisadan ko‘ngil uzolmay ikkinchi xotinlikni taklif qilgan. Ajablanarlisi shundaki, aktrisa bunga rozi bo‘lgandi.

Foto: Pinterest
Katta oilada ahil yashash Zinat uchun oson bo‘lmadi. Rejissyorning birinchi rafiqasi juda rashkchi bo‘lib, Zinatni hamisha g‘azablantirishga harakat qilardi. Sevgi uchburchagidagi mojaro bora-bora omma oldida avjiga chiqdi. Hattoki ijtimoiy tadbirda aktrisaning turmush o‘rtog‘i va uning birinchi xotini uning yuziga ketma-ket tarsaki tushirishgacha bordi.

Zarbalarning kuchliligidan aktrisa shifokorga murojaat qilishga majbur bo‘lgan. Hatto u ko‘rish qobiliyatini butunlay yo‘qotishi mumkin edi, shuning uchun jarrohlik amaliyoti talab qilindi. Zinat tuzalayotgan vaqtda, Sanjay matbuotga o‘z harakati sabablarini tushuntirib berdi va aktrisani rashkchi hamda bevafolikda aybladi.

Natijada har kim yana o‘z yo‘lida yurishda davom etdi. Aktrisaga o‘ziga kelishi va yangi munosabatlarni boshlashi uchun 4 yil kerak bo‘ldi. Ikkinchi turmush o‘rtog‘i o‘zining hamkasbi Majar Xon bo‘lib, uning ham oilasi bor edi. Lekin oshiq yigit Zinat uchun oilasi bilan ajrashdi va aktrisaga turmush qurish taklifini bildirdi.

Foto: Pinterest
Ular ikki o‘g‘il farzand ko‘rgan bo‘lsa-da, doimiy kelishmovchiliklar va rashk oila mustahkamligiga putur yetkaza boshladi. U ham xotiniga ishonmagan va tinimsiz kaltaklagan. Ma’lum bo‘lishicha, u nafaqat rashk qilgan, balki aktrisaning kasbiy muvaffaqiyatiga ham hasad qilgan. Chunki u ikki farzandning onasi bo‘lishiga qaramay hali ham eng talabgir va mashhur aktrisa edi. Eri esa uning shon-shuhratiga chiday olmagan.

12 yillik nikohdan keyin ularning oilasi buzildi. Ajrimdan ko‘p o‘tmay Majar vafot etdi. Ma’lum bo‘lishicha, unga buyrak yetishmovchiligi tashxisi qo‘yilgan. Dastlab katta o‘g‘li va turmush o‘rtog‘ining qarindoshlari uning o‘limida aktrisani aybladi. Kenja o‘g‘li otasining suratlari bilan xonani to‘ldirib, bo‘sh vaqtini yolg‘iz o‘zi o‘sha yerda o‘tkazdi.

Foto: Pinterest
Aktrisaning onasi qizi haqida qayg‘urib, bunday muvaffaqiyatsizlik va janjallarga chiday olmay, olamdan o‘tdi. Bir necha yil o‘tgach, yolg‘iz qolgan Zinat boshidan o‘tgan kunlarga «Men do‘zaxning barcha olovlarini bosib o‘tdim», deya ta’rif berdi. Afsuski, go‘zallik ham, mashhurlik ham insonga oddiy baxtni bera olmadi.

Foto: Pinterest
Aktrisa vaqt o‘tishi bilan asta-sekin o‘ziga keldi. Farzandlari bilan oradagi munosabatlar tiklandi. Uning kenja o‘g‘li Zaxan Xon shunchaki ijodkor odam emas. Oddiy musiqachi yoki gitarachi ham emas. Butun koinot u bilan yashaydi! U suratga olishni yaxshi ko‘radi va uning asarlari ma’noga to‘la. Hayvonlarni va dengizni yaxshi ko‘radi. Lekin hamma narsadan ko‘ra ko‘proq onasini sevadi. Katta o‘g‘li Azan ham san’at odami, u rejissyorlik kasbini tanlagan. U ukasidan farqli o‘laroq omma oldida tez-tez ko‘rinish berishni yoqtirmaydi. Zinat Aman 70 yoshni qarshi olganiga qaramay, hamon Bollivud filmlarida rol ijro etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » O‘z go‘zalligining qurboni bo‘lgan hind aktrisasi Zinat Aman 70 yoshda (foto)