Foto: Turkiya Madaniyat va turizm vazirligi
Ayni paytda Turkiyaning Anqara va Istanbul shaharlarida o‘tkazilayotgan O‘zbekiston madaniyat kunlari doirasida 14 dekabr kuni Anqara shahridagi Junayid Go‘kchar nomidagi teatr sahnasida konsert dasturi tashkil etildi. Bu haqda «Daryo» nashri xabar bermoqda.
Tadbirda O‘zbekiston madaniyat vaziri o‘rinbosari Olimjon Mirzayev hamda Turkiya madaniyat va turizm vaziri o‘rinbosari O‘zgul O‘zkan Yavuz nutq so‘zlab, ikki mamlakatning madaniy sohadagi hamkorligi, amalga oshirilayotgan loyihalar va kelgusi rejalar xususida so‘z yuritdi.
Anqarada yashab, turli sohalarda karera qilayotgan va migrant o‘zbekistonliklar uchun tashkil etilgan kechaga yuzlab vatandoshlar tashrif buyurgan. O‘zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar – Abdulla Shomag‘rupov, Abdurashid Yo‘ldoshev, Baxtiyor baxshi, «Nihol» mukofoti sovrindori Aqilbek Piyazov, xonandalar – Ozoda Nursaidova, Otabek Muhammadzohid, maqom xonandasi Mohichehra Shomurodova ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar barchani jo‘r bo‘lishga va raqsga chorlagan. «Navbahor» raqs ansambli vakillarining chiqishlari ham zaldagilar olqishiga sazovor bo‘lgan.
Foto: Turkiya Madaniyat va turizm vazirligi
Foto: Turkiya Madaniyat va turizm vazirligi
Kecha yakunida O‘zbekistonning Turkiyadagi favqulodda va muxtor elchisi Alisher A’zamxo‘jayev so‘zga chiqarkan, u mazkur tadbirni o‘tkazishda yaqindan ko‘maklashgani uchun ikki davlat hukumatlariga minnatdorlik bildirgan.
Foto: Turkiya Madaniyat va turizm vazirligi
«Bugun go‘zal va unutilmas bir kecha bo‘ldi. ‘Qora ko‘z’dan boshlab, ‘Maysaraning ishi’ga guvoh bo‘lib, ‘Andijonlik bezori’ bilan tanishib, oxirida ‘Ajab-ajab’ deb ‘Lazgi’ga tushib, juda maza qildik. Buning uchun barcha san’atkorlar, sozanda va raqqosalarga ham katta rahmat aytaman. Bugungi kechani 2-3 yil kutdik, ochig‘i. Koronavirus eshiklarimizni biroz yopgan edi. Xayriyat, mana vaziyat ancha yumshadi va rejamiz amalga oshdi. Hozir dasturni tomosha qilar ekanmiz, keyingi yili ham mana shunday konsert uyushtirishni rejalashtiryapmiz.
Bugungi kechani tashkil etishga imkoniyat yaratgan O‘zbekiston rahbariyatiga hamda bu yerda bizni do‘stona kutib olgan Turkiya hukumatiga minnatdorlik bildiraman», — dedi A’zamxo‘jayev.
Foto: Turkiya Madaniyat va turizm vazirligi
Foto: Turkiya Madaniyat va turizm vazirligi
Foto: Turkiya Madaniyat va turizm vazirligi “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi