21:00 / 01.01.2022
4 518

2022 yilda farzandli bo‘lishi kutilayotgan o‘zbek shou-biznesi vakillari (foto)

2022 yilda farzandli bo‘lishi kutilayotgan o‘zbek shou-biznesi vakillari (foto)
Yakunlanayotgan yilda shou-biznes vakillarining ko‘pchiligi ota-ona bo‘lish baxtiga musharraf bo‘lishdi. 2022 yilda ona bo‘lishni rejalashtirayotgan san’at vakillari ham bisyor. Ularning ayrimlari bilan tanishtiramiz.

Asal Shodiyeva

Foto: Instagram / @asalshodieva
2020 yilning sentyabr oyida ilk bor ona bo‘lgan aktrisa Asal Shodiyeva yana homilador. Oilaning to‘ng‘ich farzandi Muhammadyusuf 2 yoshga to‘lgan. Aktrisa ayni damda turmush o‘rtog‘i Shohruhxon bilan Turkiyaga safar qilgan. Mish-mishlarga qaraganda, Asal Shodiyeva ikkinchi farzandini Istanbul shahridagi xususiy tug‘ruqxonada dunyoga keltirmoqchi.

Bahora Arslonova

Foto: Instagram / @bahora_arslonova
Aktrisa ayni damda besh oylik homilador. U 2021 yilning yanvar oyida qizi Volidaxonni dunyoga keltirgandi. Rejalashtirilmagan homiladorlik aktrisa va uning oila a’zolarini quvontirgan. Aktrisaning aytishicha, ikkinchi farzandi aprel oyida dunyoga keladi.

— Navbatdagi homilamni o‘g‘il deyishyapti. Ikkinchi homiladorligim u qadar qiyin kechmadi. Yoshiga to‘lmagan farzandim bilan qiynalaman, deb o‘ylagandim. Ko‘z tegmasin, hammasi oson kechyapti, — deydi aktrisa Bahora Arslonova.

Dilso‘z

Foto: Instagram / @dilsoz_singer_new
Xonanda Dilso‘z to‘rtinchi farzandini dunyoga keltirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. U ilk farzandi Dilso‘zni (xonanda qiziga taxallusini ism sifatida qo‘ygan) 2015 yilning oktabr oyida dunyoga keltirgan. Undan keyin 2017 yilda yana qizlik, 2019 yilda esa o‘g‘il farzandli bo‘lgan.

— Bolaligimdan serfarzand onalarga havas qilganman. Nasib qilsa, Yangi yilda to‘rtinchi bor onalik baxtiga erishaman. O‘ylaymanki, yaratgan o‘g‘limni ukacha bilan siylaydi, — deydi xonanda Dilso‘z.

Huvaydo Jumayeva

Foto: Huvaydo Jumayeva shaxsiy arxividan
O‘zbekiston davlat Satira teatri aktrisasi Huvaydo Jumayeva to‘rtinchi farzandiga homilador. U ilk farzandi Mavlonbekni 2010 yilda, qizi Mohizarni 2015 yilda, Muhammadaminni esa 2020 yilda dunyoga keltirgandi.

— Qizimni ikkita qilay, deb niyat qildim. U ukasi Muhammadamin tug‘ilganda singil olib kelmaganim uchun biroz ranjigandi. Nasib qilsa, bahorda farzandlarim soni yana bittaga ko‘payadi. Tug‘ruqdan keyin biroz dam olib, yana ijodga qaytaman, — deydi aktrisa.

Dilnoza Ismiyaminova

Foto: Instagram / @dilnoza.ismiyaminova
Eshitishimizcha, xonanda Dilnoza Ismiyaminova ham homilador, ammo u negadir buni inkor etdi. Uning hozircha Umidjon ismli o‘g‘li bor.

— Homilador bo‘lishni chin ko‘ngildan istayman. Qaniydi, o‘g‘limning shirin ukasi yoki singlisi bo‘lsa. 2022 yilda yana bir karra ona bo‘lish niyatidaman. Kelayotgan yildan umidlarim katta, — deydi xonanda Dilnoza Ismiyaminova.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » 2022 yilda farzandli bo‘lishi kutilayotgan o‘zbek shou-biznesi vakillari (foto)