1 674
«Ularni ko‘rsam maymun ko‘z oldimga keladi». Bahora Arslonova labini kattalashtirayotgan aktrisalar haqida
Aktrisa Bahora Arslonova «Daryo» internet-nashri uchun bergan intervyusida labi shishirilgan, kipriklari ulama va tobora bir-biriga o‘xshab ketayotgan ba’zi aktrisalarni keskin tanqid qildi.
- "Pardoz qilishni yoqtirmayman, baribir qozonda bori cho‘michga chiqadi. Ba’zi ayollar shunchalar ko‘p pardoz qilishadiki, chizilgan qoshlarni o‘chirib, ulama kipriklarni olib tashlasa, hamma undan qochib ketadi. Nazarimda, odamlar tanasiga ozor bermasligi kerak. Tanamizdagi har bir a’zoni Parvardigor yaratgan, unga ozor emas, mehr berish kerak. Yaqinda eshitib, quloqlarimga ishonmadim. Labni katta qilishlari haqida eshitgandim.
Endi sun’iy kulgich ham qo‘yib berishayotgan ekan. Ana shunday mutaxassislar sabab ko‘p qiz-ayollar bir-birlariga o‘xshab ketishyapti. Ilgari internetda Anjelina Joliga o‘xshagan qizlarning surati chiqqandi, endi esa ko‘cha-ko‘yda ham Anjelina Jolilar ko‘payib ketgan.
Ismini aytmayman-u, ammo yaqinda bir filmning s’yomkasida labi shishirilgan qiz bilan ishlashimga to‘g‘ri keldi. Partnyorim gapiryapti, lekin labi qimirlamayapti. Uni ko‘rib, o‘rdak bilan maymun ko‘z oldimga keldi. Xafa bo‘lishmasin-u, tashqaridan qaraganda shunday ko‘rinadi. Bizni suratga olayotgan operator ahvolimni ko‘rib, o‘zini kulgidan to‘xtatolmadi. Chunki men partnyor aktrisaning nima deyayotganini tushunmay, uning lablariga tikilib qolgandim.
Keyin ba’zi aktrisalar uzun kipriklarni yopishtirib olishadi. Yig‘laydigan sahnalarda bu ulama kipriklar noqulaylik tug‘diradi. Xudoning o‘zi kechirsin-u, bunday ko‘rinish o‘zlariga yoqar, ammo tashqaridan qaraganda g‘alatiroq ko‘rinadi.
Yaqinda turmush o‘rtog‘im bilan shu borada suhbatlashib qoldik. Unga ulama kiprik qo‘ygan, labini shishirgan va ingichka bel sohibasi bo‘lish uchun yettinchi qovurg‘asini oldirgan ayollar sizga yoqadimi, deb savol berdim. Er-xotin emas, shunchaki ayol sifatida erkak kishining fikrini bilmoqchi bo‘ldim. Turmush o‘rtog‘im kulib, bunday ayollar hech qaysi erkakka yoqmasligini aytdi.
Odatda ba’zi qiz-ayollar erkaklarga yoqish uchun shunday sun’iylikdan foydalanishadi. Ammo erkaklarning ko‘pchiligi tabiiy ko‘rinishdagi qizlarni yoqtirishlarini aytishadi. Oldindan katta gapirmay, yonimda qizim, jiyanlarim bor. Ammo oilada aka-ukalar qizlarga sal qattiqqo‘llik qilishsa, yaxshi bo‘lardi", - deydi Bahora Arslonova. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi