1 416
Endi maktab o‘quvchilari kamida bitta milliy cholg‘u asbobini chalishni bilishi shart
Shavkat Mirziyoyev «Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi. «O‘zbekiston 24» telekanalida davlat rahbarining ushbu qaroriga batafsil sharh berildi.
Unga ko‘ra, 2022/2023-o‘quv yilidan boshlab ta’lim muassasalarida o‘quvchi va talabalarning madaniy bilim va ko‘nikmalarini, milliy madaniyatga muhabbatini oshirish, yosh iste’dodlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bir qator chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Xususan, maktab o‘quvchilariga milliy musiqa cholg‘ularidan kamida bittasini chala olish mahorati o‘rgatiladi hamda bu haqda ularning ta’lim to‘g‘risidagi hujjati (shahodatnoma)ga tegishli qayd kiritiladi.
Musiqa fani o‘qituvchilarining milliy cholg‘ulardan kamida bittasini, 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab esa kamida uchtasini chala olish mahoratiga ega bo‘lish majburiy hisoblanadi.
Ularga asosiy ish joyida ish haqini saqlab qolgan holda, musiqa fanidan dars o‘tish va to‘garak mashg‘ulotlarini olib borishga ruxsat beriladi. Musiqa darslarida «Hayotimga hamrohdir cholg‘u» shiori ostida «cholg‘u ijrochiligi» mashg‘ulotlari yo‘lga qo‘yiladi.
Maktablarni notalar to‘plamlari va maxsus musiqiy adabiyotlar bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratiladi. 2022—2024 yillar davomida 10 130 ta maktab, 323 ta bolalar musiqa maktabi, 826 ta madaniyat markazi 7 turdagi milliy cholg‘ular bilan 3 to‘plamdan ta’minlanadi. Buning uchun respublika va mahalliy budjetlardan teng ulushlarda jami 205 milliard so‘m ajratiladi.
Shuningdek, o‘quvchilar uchun milliy musiqa cholg‘ulari, tasviriy va amaliy san’at, hunarmandchilik yo‘nalishlarida amaliy to‘garaklar tashkil etish uchun 2022 yilning o‘zida 92 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi.
O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan cholg‘u asboblari, ovoz kuchaytirgich moslamalari, texnik jihozlar, chiroqlar, maxsus liboslar O‘zbekistonga olib kirilishiga 2025 yil 25 yanvargacha bojxona bojidan ozod etiladi.
Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev 28 yanvar kuni maktab ta’limini rivojlantirish masalalari yuzasidan o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida maktabni bitirgan bola kamida bitta kasb bilan birga bitta milliy cholg‘u asbobini chalishni bilishi shartligini aytib o‘tgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Toshkentda vafot etgan rossiyalik jurnalist ishiga doir qo‘shimcha ma’lumot