16:46 / 05.02.2022
2 285

Fotima Berdiyeva: «Daydi qizning daftari»dagi Taxminaga Durdona Qurbonova o‘rniga uni tanlashgani haqida

Fotima Berdiyeva: «Daydi qizning daftari»dagi Taxminaga Durdona Qurbonova o‘rniga uni tanlashgani haqida
«Daydi qizning daftari»dagi Taxmina – aktrisa Fotima Berdiyeva u aslida Durdona Qurbonova tanlangan obrazni ijro etgani hamda serialdagi muhokamalarga sabab bo‘lgan sahnalar qanday suratga olingani haqida so‘zlab berdi.

«Aynan Taxmina roliga bir nechta aktrisa kelgan, ulardan bir qanchasi o‘zi rozilik bildirgan. Lekin yuz ko‘rinishi to‘g‘ri kelmagan, xarakter bera olmagan. Shuning uchun ularni olishmagan, agar boshqa sabab bo‘lganida o‘sha aktrisalarni tanlashgan bo‘lardi. Xalq yomon deb o‘ylayotgan qahramondan bitta men ko‘rinyapman ko‘ziga, men bo‘lmagan taqdirda ham boshqa aktrisa o‘ynar edi. Masalan, Durdona Qurbonova tasdiqlangan, bu rolda aynan u chiqishi kerak bo‘lgan. Suratga olishga bir hafta qolganida meni ko‘rib, tasdiqlab yuborishgan. Kastingga juda ham ko‘p taniqli aktrisalar kelgan, juda ko‘pchilik tayyor bo‘lgan. Yomon rollarda chiqqan aktrisalar ko‘p-ku, fohisha rolida chiqadiganlar bor. Hozir endi ular hurmatli aktrisaga aylangan. Nimaga aynan bizning serialga yopishib olishganini tushunmayman», – deydi Fotima Berdiyeva.

Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, u ssenariyni boshidan oxiriga qadar o‘qib chiqqan va juda ham ma’qul kelgan. Qolaversa, rolni ham maza qilib ijro etgani, serialni ham miriqib tomosha qilganini qo‘shimcha qilib o‘tgan. Fotima ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lgan ochiq sahnalar qanday suratga olinganiga ham to‘xtaldi.

«Nima desam bo‘ladi, mening ham aqlim bor. Shuncha erkakning ichida qanday qilib kiyimsiz suratga tushaman? Mana, operatorlarimiz bor, bemalol kim istasa, so‘rasin. Agar aldayotgan bo‘lsam, tepamda Xudoyim turibdi. U sahnada mening kiyimim bo‘lgan. Mayka va tizzamgacha shorti bo‘lgan. Aziz aka bilan oramizda yarim metr masofa bor edi. O‘rtaga yostiq ham qo‘yilgan, hattoki qo‘l ham tegib ketmasligi uchun. Har taraflama ehtiyotimizni qilganmiz. Albatta, buni oqlamayman, lekin afsuslanmayman. U yerda dubl ko‘p bo‘lgan, ba’zilarida kiyimim ko‘rinib qolgan, lekin yaxshisi qo‘yilgan», – deydi aktrisa.

Fotima eski o‘zbek filmlari ham ochiq sahnalardan mustasno emasligini aytadi.

«Yana bir narsani aytib o‘tishim kerak. U paytda o‘zimni muammolarim bilan xayolimda juda ko‘p narsa bo‘lgan. To‘liq jahlda yurgan holatlarim edi. Shuning uchun bu serialdan keyin nima bo‘ladi, deb o‘ylamaganman. To‘g‘ri, bilib turganman. Keyin bu asar bo‘lsa, biz buyurtma qilib yozdirmaganmiz. Asar asosida ssenariy qilingan, topshirilgan, o‘qilgan va ruxsat berilgan. Serialni kuzatganlar bo‘lsa, ichida qanchadan qancha aqlli gaplar, odam o‘ziga olishi kerak bo‘lgan narsalar bor. Nega aynan u narsalar olib chiqilmaydi? Oldingi o‘zbek kinosi durdonalarida, masalan, ‘Shum bola’da ayrim sahnalar efirga uzatilgan-ku?! Lekin bor narsani gapirsa, xalqimizga yoqmaydi», – deydi Fotima Berdiyeva.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Fotima Berdiyeva: «Daydi qizning daftari»dagi Taxminaga Durdona Qurbonova o‘rniga uni tanlashgani haqida