date
views 2 324

Yulduz Usmonova kontsertida ona haqidagi yangi qoʻshiqni kuylayotganida yigʻlab yubordi

Yulduz Usmonova kontsertida ona haqidagi yangi qoʻshiqni kuylayotganida yigʻlab yubordi
Oʻzbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova kontsert dasturida ona haqidagi yangi qoʻshigʻini ijro etdi. U qoʻshiqni ijro etishdan avval marhuma onasi haqida gapirdi, kuylayotganida esa ta'sirlanib, yigʻlab yubordi.

Onam olamdan oʻtganidan keyin bolalarini qanchalik e'zozlagan boʻlsa, unga ham Allohning rahmati yogʻilsin deb duo qildik. Onam oʻlimidan avval bizni tanimay qolgan boʻlsa ham oilamizning katta ustuni boʻlib turgan ekan. Ba'zan haftada bir yoki oyda bir xabar olsam ham, koʻnglim toʻq edi. Atrofdagilarning onasi oʻlganida «oʻlim haq» deb taskin beramiz. Ammo onaning oʻlimi goʻyo osmonning yiqilishidek ogʻir musibat ekan. Hech bir bandaning boshiga osmon yiqilmasin ekan. Uch yoshlik nabiram ham ikkita buvasi borligidan baxtiyor edi, u ham dardni his qildi. Dadam rahmatli oʻtganida unchalik bilmagan ekanman. Chunki yonimda onam bor edi. Atrofdagilar «Onangiz yoshini yashadi, shu kunga etkazsin hammani», deb tasalli berishadi. Ammo bola uchun ona baribir ona. Uch yuz yoshga chiqsa ham bola onasi sari talpinib, bola boʻlaveradi. Ona yurmasa ham, farzandini tanimasa ham qalban sizni his qilib turadi.

Qariganda odam nima boʻlishini bilmaydi. Balki xastalikka chalinar yoki urushqoq boʻlib qolar. Bu yoshga chiqqanda biz nima holga tushamiz Xudo biladi. Shu bois, keksa ota-onalarni vaqtida e'zozlab, injiqliklariga koʻz yumib yashash kerak.

Ba'zan hayot ogʻirligini, charchayotganimizni bahona qilamiz. Iloji boʻlsa, ona oʻtgach bu haqida gapirmanglar, yigʻlab yuboraman deyishadi. Inson onaga yigʻlamasa, yana kimga kuyasan onangdan boshqa. Aslida farzand onasi oʻlgani uchun emas, oʻzining mungʻayib qolgani uchun yigʻlaydi. Hozir kuylaydigan ona qoʻshigʻini yaratayotganimizda koʻpchilik sozandalar tashqariga chiqib, xumoridan chiqib yigʻlab keldi. Chunki pandemiya sabab koʻpchiligi onasidan ayrildi. «Ota-ona uchun koʻz yoshingni yashirma. Ular uchun qancha yigʻlasang shuncha kam», dedim. Ular uchun qancha yigʻlasa shuncha arziydi. Ota-onangiz yoningizdami demak baxtlisiz.

Hech qachon onam qaridi, yoshini yashab boʻldi, demanglar. Senga ustunligi ortiq nabiralaringga ham etadi. Ammo boshqalarni bitta qilganda ham bitta onaning oʻrnini bosolmaydi. Hech kim ota-onasidan etim qolmasin va osmon elkasiga qulamasin
, — deydi Oʻzbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova.

Eslatib oʻtamiz, Yulduz Usmonovaning onasi Rahima aya Usmonova 2021 yilning 6 noyabr kuni vafot etgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Yulduz Usmonova kontsertida ona haqidagi yangi qoʻshiqni kuylayotganida yigʻlab yubordi