
«Keksalarni e’zozlash yili» davlat dasturi doirasida 1941−1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylariga oylik abonent to‘lovisiz har oyda 60 daqiqa bepul mahalliy va shaharlararo muloqot imkoniyati taqdim etiladi, deb xabar bermoqda «Infocom.uz».
Tegishli tarif rejalarini ishlab chiqish va joriy qilish, shuningdek 1941−1945 yillardagi urush qatnashchilarining tegishli tartibda ulanishini ta’minlash O‘zbekistonning barcha mobil aloqa operatorlariga va «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasiga topshirildi.
Avvalroq, «Keksalarni e’zozlash yili» davlat dasturi doirasida 1941−1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylariga televizor va mobil telefonlar sovg‘a qilinishi xabar qilingan edi.
Manba: www.daryo.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.