19:26 / 17.11.2022
1 487

O‘zbekistonda dronlar bo‘yicha hukumatning yangi qarori qabul qilindi

O‘zbekistonda dronlar bo‘yicha hukumatning yangi qarori qabul qilindi
«O‘zbekiston Respublikasida uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanishni tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi, deb xabar bermoqda Norma.

Hujjatga muvofiq respublika hududida uchuvchisiz uchadigan apparatlar, ularning butlovchi va ehtiyot dismlarining belgilangan tartibda majburiy deklaratsiya qilinadigan tranzitidan tashqari qonunga xilof ravishda olib kirish, sotish, sotib olish, saqlash yoki ulardan foydalanish taqiqlanadi.

Quyidagilar tomonidan ularni (va butlovchi qismlarini) olib kirish, sotish, sotib olish, saqlash yoki foydalanish bundan mustasno:
  • Turizm va madaniy meros vazirligi;
  • Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining «Geoinnovatsiya markazi» DUK;
  • «Chorvoq» erkin turistik zonasi direksiyasi;
  • YUNЕSKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston milliy komissiyasi.

Amaldagi qonunchilik bilan uchuvchisiz uchadigan apparatlarni, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini qonunga xilof ravishda olib kirish, o‘tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish hamda bunday apparatlarni saqlash, ulardan foydalanish yoki ularni boshqa shaxslarga berish tartibini buzish, shuningdek ulardan boshqa maqsadlarda foydalanish uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.

Shuningdek, qarorga muvofiq, vazirlik, idoralar va xo‘jalik subyektlariga Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlari asosida uchuvchisiz uchadigan apparatlarni va ularning butlovchi qismlarini olib kirish, sotish, sotib olish, saqlash yoki ulardan foydalanishga ruxsat berilishi mumkin.

Respublikaning turizm salohiyati to‘g‘risida foto va videomateriallar tayyorlash uchun xorijiy ijodiy guruhlarga uchuvchisiz uchadigan apparatlarni respublika hududiga vaqtincha olib kirish, saqlash va ulardan foydalanish uchun ruxsatnoma Turizm va madaniy meros vazirligining iltimosnomasiga asosan Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi tomonidan beriladi.

Hujjat bilan quyidagi nizomlar tasdiqlanmoqda:
  • O‘zbekiston Respublikasi fuqaro va davlat aviatsiyasida uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanish va ularni saqlash tartibi to‘g‘risidagi;
  • Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni vaqtincha olib kirish, saqlash va O‘zbekiston Respublikasi hududida ulardan foydalanish uchun iltimosnoma berish tartibi to‘g‘risidagi;
  • O‘zbekiston Respublikasi hududida aerosuratga olish ishlarini havo kemalaridan foydalangan holda amalga oshirish to‘g‘risidagi.

Hujjat 2022 yilning 16 noyabridan kuchga kirdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda dronlar bo‘yicha hukumatning yangi qarori qabul qilindi