
Foto: SSV matbuot xizmati
2023 yil 1 yanvar soat 17.00 holatiga ko‘ra, mamlakatimizda jami 1312 nafar chaqaloq dunyoga keldi.
Ularning:
— 687 nafari o‘g‘il,
— 625 nafari qiz.
Eng ko‘p tug‘ilish Farg‘ona viloyatida (172 nafar) qayd etildi.
Shuningdek, hududlar kesimida keyingi o‘rinlarni:
— Qashqadaryo viloyati (169 nafar),
— Namangan viloyati (137 nafar),
— Surxondaryo viloyati (133 nafar),
— Samarqand viloyati (121 nafar) band etdi.
Eng kam tug‘ilish esa Sirdaryo viloyati (35 nafar) hissasiga to‘g‘ri keldi.
E’tiborlisi, tug‘ilganlarning 7 nafari egizakdir.
Ayni paytda shifokorlarimiz go‘daklarning barchasiga belgilangan standartlar bo‘yicha sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatmoqda.
Eslatib o‘tamiz, yurtimizda davom etayotgan dam olish kunlarida qator tibbiyot muassasalari bilan birga, 227 ta tug‘uruq kompleksida ham tibbiyot xodimlari, akusher-ginekolog, neonatolog, doya hamda hamshiralar navbatchilik asosida aholiga xizmat ko‘rsatmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.