«O‘zgidromet» mutaxassisi, iqlimshunos Erkin Abdulahatov O‘zbekistonda anomal sovuq qachon «yumshashi» haqidagi prognozlarni tahlil qilib berdi. Erkin Abdulahatovning aytishicha, respublikada havo harorati kelasi haftadan ko‘tarilishi kutilmoqda.
«Hozir biz oxirgi 20 yillikdagi eng sovuq iqlim qarshisida turibmiz. Havo harorati ko‘rsatkichlari umumiy hisobda -20 darajaga yaqinlashyapti. Ammo bu davomli emas. Keyin havo yana isib ketish prognozlari bor.
Antitsiklonning faol qismi hozir Qozog‘istonning janubiy viloyatlarida turibdi. U 15—16 yanvar kunlari bizning respublikadan o‘tib ketadi. Oxirgi chiqib ketadigan hududi vodiy viloyatlari bo‘ladi. U yerlarda 18 yanvar kunigacha sovuq havo saqlanib qoladi. Shimoliy hududlarimiz – Qoraqalpog‘iston va Xorazmda 17—18 yanvar kunlari sekin-asta havo isishi, harorat kechalari -8 darajagacha pasayishi, kunduzi 0 darajaga yaqinlashishi kuzatiladi», — dedi mutaxassis.
Erkin Abdulahatovning ma’lum qilishicha, 12 yanvar kuni Navoiy viloyatining sharqiy qismi, Samarqand viloyatining shimoli, Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyati janubiy qismlarida havo harorati minimumlari -20 darajadan past bo‘lgan. Andijonning sharqiy qismi Qo‘rg‘ontepada ham -27 daraja sovuq kuzatilgan.
Avvalroq «O‘zgidromet» 9 yanvar kuni O‘zbekiston hududiga Volgabo‘yidan Rossiyaning Yevropa qismi shimolida shakllangan sovuq havo massasi kirib kelishi boshlanishini xabar qilgandi.
Ob-havo prognoziga ko‘ra, 12-15 yanvar kunlari respublikada harorat kechalari 12-17 darajagacha, ba’zi joylarda 20 darajagacha sovuq bo‘ladi. Kunduz kunlari 5-10 darajagacha, ba’zi joylarda 12 darajagacha sovuq kuzatiladi. Shimolda esa kechalari 20-25 darajagacha sovuq bo‘lishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Superliga. "Neftchi" bir kishi kam bo‘lib qolgan "Nasaf"ni mag‘lub etdi
Peskov maxsus harbiy operatsiya qachon tugashini aytdi
JCH-2026 saralashi. Indoneziya Saudiya Arabistonini sensatsion tarzda mag‘lubiyatga uchratdi