15:24 / 08.08.2023
621

O‘zbekistonning qaysi hududida eng kam aholi yashaydi?

O‘zbekistonning qaysi hududida eng kam aholi yashaydi?

O‘zbekistonda doimiy yashayotgan aholi soni 36 mln 372 ming nafarni (1-iyul holatiga) tashkil etmoqda. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.

Infografika: Statistika agentligi

Maʼlum qilinishicha, mamlakatda eng ko‘p aholi yashaydigan hudud — Samarqand viloyati (4 mln 159 ming kishi) hisoblanadi. Keyingi o‘rinlarda Farg‘ona (4 mln 15 ming kishi), Qashqadaryo (3 mln 515 ming kishi), Andijon (3 mln 354 ming kishi) va Namangan (3 mln 28 ming kishi) viloyatlari turadi.

Infografika: Statistika agentligi

Eng kam o‘zbekistonliklar yashaydigan hudud Sirdaryo viloyati bo‘lib, u yerda 905 ming kishi istiqomat qilmoqda. Keyingi o‘rinlarni Navoiy (1 mln 65 ming kishi), Jizzax (1 mln 491 ming kishi), Xorazm (1 mln 971 ming kishi) viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston (1 mln 987 ming kishi) egallagan.

Infografika: Statistika agentligi

Mamlakat bo‘yicha aholi zichligi eng yuqori hudud Toshkent shahri bo‘lib, har 1 km2 joy uchun 7 ming kishi to‘g‘ri keladi. Aholi zichligi eng past hududlar esa Navoiy viloyati (har 1 km2 joy uchun 9,6 kishi) va Qoraqalpog‘iston (har 1 km2 joy uchun 11,9 kishi) hisoblanadi.

Infografika: Statistika agentligi

Agentlik maʼlumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda doimiy aholi soni kuniga o‘rtacha 2 ming kishiga oshmoqda. O‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda respublika aholisi 2,2 foizga ortgan. O‘zbekistonliklar 2023-yilning har bir oyida o‘rtacha 57,9 ming kishiga ko‘paygan.

Infografika: Statistika agentligi

Respublikada ayollar soni (1-iyul holatiga) 18 mln 66 ming kishi, erkaklar soni 18 mln 306 ming kishini tashkil etmoqda. Aholining 18 mln 557 ming nafari shaharlarda, 17 mln 816 ming nafari qishloqlarda yashaydi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonning qaysi hududida eng kam aholi yashaydi?