20:06 / 08.08.2023
410

O‘zbekistonda nikohdan ajralishlar soni eng ko‘p hudud maʼlum qilindi

O‘zbekistonda nikohdan ajralishlar soni eng ko‘p hudud maʼlum qilindi

Yanvar—iyun oylarida O‘zbekistonda nikohdan ajralishlar soni 25 400 tani tashkil etib, 2022-yilning mos davriga nisbatan 828 taga ko‘p bo‘ldi. Bu haqda Statistika agentligi hisobot berdi.

Infografika: Statistika agentligi 

Joriy yilning dastlabki 6 oyida Farg‘ona viloyati nikohdan ajralishlar soni eng ko‘p hudud sifatida qayd etilgan. Viloyatda yarim yilda 3 107 ta oila ajrashgan. Keyingi o‘rinlarda Toshkent shahri (2 989 ta) hamda Andijon viloyati (2 854 ta) keltirilgan.

Infografika: Statistika agentligi 

Nikohdan ajralishlar soni eng kam hudud — Navoiy viloyati bo‘lib, u yerda yanvar—iyun oylarida 755 ta ajralishlar qayd etilgan. Keyingi o‘rinlarni Sirdaryo (796) va Jizzax (873 ta) viloyatlari band qilgan.

Ajralishlar o‘sish surʼatining eng yuqori darajasi Xorazm va Farg‘ona viloyatlarida, past darajasi esa Buxoro va Sirdaryo viloyatlarida kuzatilgan.

Infografika: Statistika agentligi 

Yarim yil davomida 1 nafar farzand bilan nikohdan ajralishlar soni 13 186 tani, 2 va undan ortiq farzand bilan ajralishlar 5 505 tani tashkil etgan. Nikohdan ajralganlarning o‘rtacha yoshi erkaklar uchun 37,7 yoshga, ayollar uchun 33,2 yoshga to‘g‘ri kelgan.

Infografika: Statistika agentligi 

Joriy yilning birinchi yarmida O‘zbekiston bo‘yicha nikohdan ajralishlar soni jami 25 400 tani tashkil etgan. Xususan, shahar joylarida 15,3 mingta, qishloq joylarida 10,1 mingta oila ajrashgan. O‘tgan 2022-yilning dastlabki 6 oyida esa 24 572 ta nikohdan ajralish holatlari qayd etilib, eng ko‘p ajralishlar Toshkent shahri (2 950 ta) va Samarqand viloyatida (2 569 ta) bo‘lgan. Mamlakatda 2022-yilda jami 48 734 ta nikohdan ajralish holatlari yuz bergan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda nikohdan ajralishlar soni eng ko‘p hudud maʼlum qilindi