17:13 / 11.01.2024
112

O‘zbekistonda o‘tgan yilning qaysi oyida eng ko‘p nikoh qayd etilgani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda o‘tgan yilning qaysi oyida eng ko‘p nikoh qayd etilgani ma’lum bo‘ldi

Qaysi oyda eng ko‘p nikoh qayd etilgani to‘g‘risida batafsil ma’lumot taqdim etildi. Ushbu ma’lumotga ko‘ra 2023 yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekistonda 256 533 nafar nikoh holatlari qayd etilgan.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilning 11 oyida qayd etilgan nikohlar soni bo‘yicha oktyabr oyi yetakchilik qilmoqda – 38 740 ta.

Undan keyingi o‘rinlardan nikohlar soni mos ravishda 33 332 ta hamda 31 293 ta bo‘lgan noyabr va avgust oylari joy oldi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan oylar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • sentyabrda – 30 700 ta;
  • iyulda – 23 854 ta;
  • mayda – 18 347 ta;
  • yanvarda – 18 032 ta;
  • iyunda – 17 488 ta;
  • martda  – 16 549 ta;
  • fevralda – 14 921 ta;
  • aprelda – 13 277 ta.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda o‘tgan yilning qaysi oyida eng ko‘p nikoh qayd etilgani ma’lum bo‘ldi