22:52 / 05.04.2024
301

O‘zbekistonda aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi necha yoshligi ma’lum qilindi

O‘zbekistonda aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi necha yoshligi ma’lum qilindi
O‘zbekistonda 2023 yili doimiy aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 74,7 yoshni tashkil etdi. Bu haqda Statistika agentligi ma’lumot berdi.

Bu ko‘rsatkich 2022 yilda 73,8 yoshni tashkil etgan. 2024 yilning 1 yanvar holatiga o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi:
  • ayollar uchun – 76,9 yosh
  • erkaklar uchun – 72,5 yosh

2023 yil boshida respublika aholisining tug‘ilishda kutilayotgan o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 74,3 yoshni tashkil etgani haqida xabar berilgandi. Ushbu ko‘rsatkich erkaklar uchun 72,1 yosh, ayollar uchun 76,6 yoshga to‘g‘ri kelgandi. Shu bilan birga, o‘rtacha umr ko‘rish davri shahar joylarda 74,8 yosh, qishloq joylarda 73,6 yoshni tashkil etayotgani xabar aytilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi necha yoshligi ma’lum qilindi