19:14 / 04.08.2024
99

O‘zbekistonga tijorat maqsadida eng ko‘p qaysi davlat fuqarolari kelgani ochiqlandi

O‘zbekistonga tijorat maqsadida eng ko‘p qaysi davlat fuqarolari kelgani ochiqlandi
O‘zbekistonga 2024 yilning yanvar-iyun oylarida 65 ming nafar chet el fuqarolari tijorat maqsadida tashrif buyurgan. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 42 ming nafarga yoki 2,8 barobarga oshgan.

Yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston Respublikasiga tijorat maqsadida kelgan chet el fuqarolarining mamlakatlar kesimida soni quyidagicha:

Turkmaniston — 37 942 nafar;
Tojikiston — 21 451 nafar;
Afg‘oniston — 1 569 nafar;
Xitoy — 723 nafar;
Hindiston — 582 nafar;
Turkiya — 529 nafar;
Qirg‘iz Respublikasi — 385 nafar;
Janubiy Koreya — 329 nafar;
AQSH — 199 nafar;
Rossiya — 157 nafar;
boshqa davlatlar — 1 102 nafar.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonga tijorat maqsadida eng ko‘p qaysi davlat fuqarolari kelgani ochiqlandi