7 574
O‘zbekistonda moliyaviy piramidalarni tashkil etganlik uchun 10 yilgacha qamoq jazosi tayinlanishi mumkin
O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan Jinoyat kodeksi moliyaviy firibgarliklar orqali yirik miqdorda pul mablag‘larini va (yoki) boshqa mol-mulkni jalb etishga doir noqonuniy faoliyatga doir yangi modda bilan boyitildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan Jinoyat kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi qonunda shu haqda batafsil ma’lumot berilgan, deb yozmoqda Kun.uz sayti.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga kiritilgan yangi 181-1 moddasiga binoan, mulkiy manfaat berish bo‘yicha zimmaga majburiyat olish yo‘li bilan jismoniy va yuridik shaxslarning pul mablag‘larini va (yoki) boshqa mol-mulkini jalb etishga doir noqonuniy faoliyatni amalga oshirish va bunda ilgari olingan majburiyatni jismoniy va yuridik shaxslarning yangi jalb etilgan pul mablag‘lari va (yoki) boshqa mol-mulki hisobidan bajarish, shuningdek, bunday faoliyatga rahbarlik qilish va shunday faoliyat ko‘rsatilishini ta’minlash:
a) juda ko‘p miqdorda;
b) o‘ta xavfli residivist tomonidan;
v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, - etti yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Qonunning to‘liq matni bilan “Xalq so‘zi” gazetasida tanishish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi