13:12 / 29.10.2024
61

O‘zbekistonda asosan necha yoshda ajralish holatlari ko‘proq kuzatilmoqda?

O‘zbekistonda asosan necha yoshda ajralish holatlari ko‘proq kuzatilmoqda?
2024 yilning o‘tgan 9 oyida ajrashganlarning eng katta ulushi 35 yoshgacha bo‘lganlarga to‘g‘ri kelgan, ya’ni jami nikohdan ajrashganlarning 64,3 foizini tashkil qilgan. Bu haqda Statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.

Qo‘mita bergan ma’lumotga ko‘ra, nikohdan ajralishlar 34 tani tashkil etib, bu 2020 yilning mos davriga nisbatan 1,7 barobarga ko‘p. Nikohdan ajrashganlarning o‘rtacha yoshi — erkaklar uchun 35,2 yoshni, ayollar uchun 32,4 yoshni tashkil etgan.

Nikohdan ajralishlarning eng ko‘p ulushi:
- Toshkent shahrida 13 foiz;
- Andijon viloyatida 10,7 foiz;
- Farg‘ona viloyatida 10,6 foiz;
- Samarqand viloyatida 10,2 foiz;
- Toshkent viloyatida 10,1 foizga teng bo‘lgan.

Nikohdan ajralishlarning asosiy qismi shaharlarda 21,1 mingtani (62,0 foiz), qishloqlarda esa 12,9 mingtani (38,0 foiz) tashkil etgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda asosan necha yoshda ajralish holatlari ko‘proq kuzatilmoqda?