Mehnat migratsiyasining yangi yo‘nalishlarini o‘rganish va kadrlar tayyorlash sifatini oshirish maqsadida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olim Abdullayev boshchiligidagi delegatsiya Chexiyaga tashrif buyurdi.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, mamlakat delegatsiyasi Savdo-sanoat palatasi, Migratsiya agentligi vakillari va tadbirkorlardan tashkil topgan.
Chexiya Sanoat va savdo vazirligida O‘zbekistonning Frankfurt-Mayn shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan Chexiya Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha tashkil etilgan chexiyalik tadbirkorlar ishtirokida biznes-forum bo‘lib o‘tdi. Muloqot chog‘ida ushbu forumning ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashdagi ahamiyati alohida ta’kidlandi. O‘zbekistonning Chexiya biznesi uchun ishonchli bozorga aylanishga tayyorligi alohida qayd etilib, mehnat migratsiyasi sohasidagi o‘zaro hamkorlikka ham e’tibor qaratildi.
Chexiyaning Synergie va AMBOSELI rekruting kompaniyalari bilan muzokaralar olib borildi, natijada o‘zbekistonlik kadrlarni, jumladan, avtobus haydovchilari, og‘ir yuk ko‘taruvchi avtomashinalar, teplovoz mashinistlari, IT texnologiyalari va logistika sohasidagi mutaxassislarni Chexiyada o‘qitish va ishga joylashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo uchun migratsiya siyosatini rivojlantirish xalqaro markazining mintaqaviy koordinatori Radim Zak bilan uchrashuvda migratsiya sohasidagi hamkorlik, jumladan, mehnat migrantlari uchun sharoitlarni yaxshilash va ularning tashqi mehnat bozorlariga moslashuvi masalalari muhokama qilindi.
Yevropa amaliy fanlar va menejment instituti (EIASM) rahbariyati bilan uchrashuv tashkil etilib, unda O‘zbekistonda IT, moliya, menejment va xalqaro biznes yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy malaka oshirish kurslarini ochish taklifi olindi.
Vatandoshlar bilan muloqot doirasida Pragadagi o‘zbek diasporasi rahbari Dinara Zaxrudinova bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Chexiyadagi o‘zbeklar jamiyatini qo‘llab-quvvatlash, madaniy-ijtimoiy tashabbuslarni rivojlantirish, shuningdek, O‘zbekiston fuqarolarini Chexiyada ishga joylashtirishga ko‘maklashish masalalari muhokama qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev rossiyalik generalning o‘limi munosabati bilan Putinga hamdardlik bildirdi
Putin Suriyadagi vaziyatdan foyda ko‘rgan davlat nomini aytdi
Xitoy va Hindiston Himolaydagi yarim asrlik hududiy nizoni hal qilmoqchi
General Kirillovning qotillik ishi ochilishida O‘zbekiston tomoni ham ishtirok etadi
Rossiyalik harbiylar Kiyevga ballistik raketa bilan hujum qildi
Al-Juloniy: “Suriya Afg‘oniston emas va bo‘lmaydi ham”
Rossiya Kursk viloyati va Ukraina sharqida hujumlarni kuchaytirmoqda
Isroilning qariyb 2 mln aholisi qashshoqlikda kun kechirmoqda