O‘zbekistonda do‘kon peshlavhasi uchun reklama pasporti olish talabi bekor qilindi

O‘zbekistonda do‘kon peshlavhasi uchun reklama pasporti olish talabi bekor qilindi

O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun tashqi reklamani joylashtirish tartibi yengillashtirildi. Hukumatning yangi qaroriga muvofiq, endi tadbirkorlar o‘zlari faoliyat yuritayotgan bino kirish qismiga korxona nomi, logotipi yoki faoliyat turini ko‘rsatuvchi peshlavha o‘rnatish uchun reklama joyi pasportini rasmiylashtirishi shart emas.

Shuningdek, yuridik shaxslarning o‘ziga tegishli transport vositalariga firma nomi, tovar belgisi yoki faoliyatiga oid reklama ma’lumotlarini joylashtirish tartibi ham soddalashtirildi. Bunday yozuvlarni joylashtirish uchun avvalgi murakkab rasmiylashtirish jarayoni talab etilmaydi.

Yangi tartibda reklama konstruksiyalarini majburiy demontaj qilish jarayoniga ham o‘zgartirishlar kiritildi. Endilikda konstruksiya egasi demontajdan kamida ikki kun oldin yozma ravishda ogohlantirilishi kerak. Bunday ishlar faqat ish kunlari soat 09:00 dan 18:00 gacha amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, tadbirkorlarga reklama joyi pasportidan onlayn tarzda voz kechish imkoniyati yaratildi. Buning uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali ariza yuborish mumkin. Tegishli ma’lumotlar soliq organlariga avtomatik ravishda uzatiladi.

Mazkur o‘zgarishlar tadbirkorlar uchun ma’muriy jarayonlarni qisqartirish va tashqi yozuvlarni joylashtirish bilan bog‘liq ortiqcha talablarni kamaytirishga qaratilgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar