9 766
Davlat tashkilotlari xodimlari Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskaga qo‘yilishi mumkin
Vazirlar Mahkamasi 7 oktyabr kuni «O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskasi tartibini yanada takomillashtirish choralari to‘g‘risida» qaror qabul qildi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.
Hujjatda xodimlari Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskaga qo‘yilishi mumkin bo‘lgan davlat hokimiyati idoralari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika miqyosidagi boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxati tasdiqlandi.
Mazkur ro‘yxatga 59 tashkilot va kompaniya kirdi. Ular orasida Prezident devoni, Vazirlar Mahkamasi, Konstitusiyaviy sud, Oliy va Oliy xo‘jalik sudi, Bosh prokuratura, Milliy xavfsizlik xizmati, Markaziy bank, vazirlik va davlat qo‘mitalari, Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimliklari, davlat ulushiga ega kompaniyalar bor.
Jumladan, doimiy propiskani «O‘zbekneftegaz», «O‘zavtosanoat», «O‘zbekenergo», «O‘zkimyosanoat», «O‘zbekiston temir yo‘llari» va boshqa kompaniya hamda aksiyadorlik jamiyati xodimlari olishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi