
«Oʻzgidromet» 25 fevral, seshanba kuni uchun ob-havo prognozini e'lon qildi. Unga koʻra:
Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, kechqurun qorga aylanishi mumkin. Shamol gʻarbdan 5–10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +5...+7 daraja, kunduzi +11...+13 daraja boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, ba'zi joylarda qor yogʻadi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 4-9 daraja iliq, kunduzi –3...+2 daraja boʻladi. Ustyurtda kechasi –10...–15 daraja, kunduzi –3...–8 daraja boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida ba'zi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi, ayrim joylarda kuchli boʻlishi mumkin. Tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0...+5 daraja, kunduzi +2...+7 daraja, Navoiy viloyati shimolida kechasi 0...–5 daraja, kunduzi 0...+5 daraja boʻladi.
Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, ayrim joylarda kuchli boʻlishi mumkin, kechqurun ba'zi joylarda qorga aylanadi. Shamol gʻarbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 13–18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +2...+7 daraja, kunduzi +15...+20 daraja boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, ayrim joylarda kuchli boʻlishi mumkin, kechqurun ba'zi joylarda qorga aylanadi. Shamol gʻarbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +2...+7 daraja, kunduzi +8...+13 daraja boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, kechqurun ba'zi joylarda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +5...+10 daraja, kunduzi +12...+17 daraja boʻladi.
Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, ba'zi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor), ayrim joylarda kuchli boʻladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 13–18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0...+5 daraja, kunduzi +3...+8 daraja boʻladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar