16:50 / 26.11.2016
10 482

O‘zbekistonda uzoq umr ko‘rish darajasi ortmoqda

O‘zbekistonda uzoq umr ko‘rish darajasi ortmoqda

Ishbilarmonlar va tadbirkorlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod bo‘lgan Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi dasturida “Nuroniy” jamg‘armasi maqomi oshirilishi belgilab qo‘yilgan. Bu haqda O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasiga asoslanib Ayol.uz xabar bermoqda.

Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi dasturida “Nuroniy” jamg‘armasining moddiy-texnik bazasini kuchaytirish, jamg‘arma maqomini oshirish, uning respublika, viloyat, tuman tuzilmalarida mavqeini ko‘tarish kabi vazifalar ilgari surilgan.

1990 yilda mamlakatimizda o‘rtacha umr ko‘rish yoshi 67 bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda bu ko‘rsatkich 73,5 yoshgacha ko‘tarilgan. Ayollar orasida o‘rtacha umr ko‘rish 75,8 yoshga teng. O‘zbekistonning 2,9 million aholisini 60 yoshdan oshgan fuqarolar tashkil etadi. Ular orasida 2 mingdan ortig‘i Ikkinchi jahon urushi qatnashchilaridir. Bunday ko‘rsatkichlar O‘zbekistonni uzoq umr ko‘ruvchi mamlakatga aylanib borayotganligidan dalolatdir.

Ayni paytda mamlakatimizda 225 ming nafar 80 yoshdan oshgan, 44 ming nafar 90 yoshdan va 8700 nafar 100 yoshdan oshgan keksalarimiz istiqomat qilishadi. Ular “Nuroniy” jamg‘armasi tomonidan moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlantirib keladi.

O‘zbekistonda 33 ta muruvvat uylari faoliyat olib bormoqda. Bunday sahovat uylarida imkoniyati cheklangan keksalar yoki qarovsiz qolgan qariyalar istiqomat qilishadi. Shu maqsadda Shavkat Mirziyoyev bu yo‘ldagi g‘amxo‘rlik harakatlarini yanada kuchaytirishni ilgari surmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda uzoq umr ko‘rish darajasi ortmoqda