
5 iyun kuni Toshkent shahri atmosferasida biroz changlanish kuzatildi, deb NOVA24 xabar berdi. IQAir ma’lumotlariga ko‘ra, soat 08:00 holatiga ko‘ra, inson salomatligi uchun xavfli bo‘lgan PM2.5 zarrachalarining miqdori 12 mkg/m³ ni tashkil etdi. Bu Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (WHO) tavsiya qilgan me’yordan 2,1 barobar yuqoridir.
Shu bilan birga, ozon va PM10 moddalari miqdori xavfli darajaga yetmagan va belgilangan chegaradan oshmagan. Havo sifati "o‘rtacha" deb baholangan.
Eslatib o‘tamiz, IQAir’ning 2024-yilgi hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston WHO havo sifati me’yorlariga javob beruvchi davlatlar ro‘yxatiga kirmagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar