
O‘zbekistonda genderini o‘zgartirgan shaxs familiyasi, ismi va otasining ismini o‘zgartirishi mumkin, deb nova24.uz xabar berdi.
Bu o‘zgarish faqat tug‘ma patologiyalar — masalan, interseks holatlar (erkak va ayol jinsiy belgilariga ega holda tug‘ilish) uchun amal qiladi.
Yangi tartibga ko‘ra, genderini o‘zgartirgan fuqaro tibbiy xulosa asosida FIOni o‘zgartirish bo‘yicha ariza bera oladi.
FIO quyidagi hollarda ham o‘zgartiriladi:
. “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonunning 15-moddasiga asosan
. Sud qarori asosida
. Familiya yoki ism yoqimsiz eshitilsa
. Familiya yoki ism millatga mos kelmasa
. Nikohgacha bo‘lgan familiyaga qaytish istagida
. Oila a’zolari umumiy familiyani istasa
. 16 yoshga to‘lgan shaxsda otalik belgilansa
. Gender almashtirilsa
Bunda faqat interseks holatdagi kam uchraydigan tibbiy vaziyatlar nazarda tutiladi. Shifokorlar komissiyasi tekshiruv, tashxis va kerak bo‘lsa, jarrohlikdan so‘ng, tibbiy xulosa asosida hujjatlarda gender va FIOni o‘zgartirishga ruxsat beradi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar