
Samarkand shahrida istiqomat qiluvchi bir fuqaro farzandlari oldidagi majburiyatini vijdonan ado etib, yetuk fuqarolik namunasi ko‘rsatdi. U voyaga yetmagan ikki nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun belgilangan aliment to‘lovlarini oldindan to‘liq amalga oshirdi.
Majburiy ijro byurosi Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, fuqaro Samarkand shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha sudining 2023-yil 12- fevraldagi hal qiluv qaroriga asosan farzandlarini ta’minlash maqsadida aliment to‘loviga majbur etilgan. U o‘z majburiyatini orqaga surmay, sobiq rafiqasi bilan o‘zaro kelishgan holda, bolalari 18 yoshga to‘lguniga qadar belgilangan barcha mablag‘ni bir yo‘la to‘lab berishni so‘rab, Majburiy ijro byurosiga murojaat qilgan.
Natijada, davlat ijrochilari tomonidan hisob-kitob qilingan miqdor asosida, u sobiq turmush o‘rtog‘i foydasiga 25 ming AQSh dollari miqdorida mablag‘ to‘lab berdi. Ushbu to‘lov bilan birga ijro ishi rasman yopildi.
Bu kabi holatlar, nafaqat huquqiy ong va ijtimoiy mas’uliyat darajasining oshayotganidan dalolat beradi, balki farzandlar taqdiriga befarq bo‘lmagan ota-ona munosabatining yorqin namunasidir. Mas’ullar bunday amaliyotni qo‘llab-quvvatlab, aliment to‘lovlarini vaqtida va adolatli tarzda amalga oshirish barcha ota-onalar uchun ustuvor burch ekanini ta’kidlamoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar