14:33 / 01.12.2016
7 900

Yangi prezidentga yangi qarorgoh barpo etilishi mumkin

Yangi prezidentga yangi qarorgoh barpo etilishi mumkin

O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov uchun xotira muzeyi Toshkent shahridagi Oqsaroy qarorgohi hududida barpo etiladi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabariga asoslangan holda Kun.uz xabar berdi.

O‘tgan oyda marhum prezidentning ikkinchi qizi Lola Karimova-Tillaeva Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi orqali bu mavzuni ko‘targandi.

"Otamning xotiralari va hayotda amal qilgan tamoyillarini abadiylashtirish maqsadida men onam bilan birgalikda Islom Karimov nomi bilan ataluvchi jamoatchilik xayriya Fondiga asos soldik. Fond o‘z oldiga O‘zbekistonning birinchi Prezidenti xotirasiga bag‘ishlangan muzeyni tashkil qilish va Vatanimiz mustaqilligining asoschisi to‘g‘risida maqola va asarlar nashr etishni maqsad qilib olgan", degandi u.

TASS nashri muxbiri suhbatlashgan manba bu rejalarni tasdiqlagan. Suhbatdoshlardan biri Oqsaroy ob’ekti maxfiyligi darajasi sezilarli darajada pasaytirilganini ma’lum qilgan.

"Hududga olib boruvchi yo‘ldagi postlar hajmi kamaytirilmoqda", degan u.

Bundan tashqari, ayni vaqtda Sharof Rashidov shohko‘chasi va Beshyog‘och ko‘chasi orasidagi Afrosiyob ko‘chasining (Oqsaroy qarorgohi yaqinidagi ko‘cha - tahr.) har ikki qismi avtomobillar harakatlanishi uchun ochiq. Bu ko‘cha bir necha yil ilgari O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti xavfsizligini ta’minlash maqsadida yopib qo‘yilgandi.

Hozirda ko‘chada harakatlanish yo‘lga qo‘yilgan, ammo ko‘chada keyinroq ta’mirlash ishlari olib borilishi ham mumkin.

Bundan oldingi xabarlarda bu qaror Toshkentda Islom Karimov xotirasiga atab xiyobon, muzey va yodgorlik bunyod etilishi haqidagi xabar bilan bog‘liqligi aytilgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Yangi prezidentga yangi qarorgoh barpo etilishi mumkin