
Toshkent atmosferasi hanuzgacha iflos bo‘lib qolmoqda, deb Nova24.uz xabar berdi.
30-iyun kuni PM2.5 zararli moddasining miqdori 20 mkg/m³ ni tashkil etdi. Bu Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tavsiya qilgan me’yordan 4 barobar yuqori.
Soat 08:00 holatiga ko‘ra, ozon va PM10 moddalarining miqdori havoda ruxsat etilgan darajadan oshmagan. Ammo PM2.5 zarralari darajasi ancha yuqori bo‘lgan. Havo sifati “o‘rtacha” deb baholangan.
Ma’lumot uchun, IQAir’ning 2024-yilgi hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston JSSTning havo sifati me’yorlariga javob beruvchi davlatlar ro‘yxatiga kirmagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar