
2 iyul — Bugun ertalab poytaxt Toshkent shahrining sharqiy yo‘nalishida — Food City savdo majmuasidan Qo‘yliq bozori orqali Farg‘ona Yo‘li ko‘chasi bo‘ylab Muxtor Ashrafiy (Risoviy) bozorigacha bo‘lgan hududda kattagina tirbandlik yuzaga keldi. Soatlab davom etayotgan bu tirbandlik shahar infratuzilmasidagi jiddiy muammolarni yana bir bor ochib berdi.
Hudud bo‘ylab cho‘zilgan tirbandlik uzunligi qariyb 7 kilometrni tashkil etmoqda. Guvohlarning aytishicha, ayrim jamoat transportlari mazkur masofani 2 soatda, hatto 3 soatda bosib o‘tishga majbur bo‘lgan. Eng e’tiborga loyiq jihat — bu holat avtobuslar uchun maxsus ajratilgan yo‘laklar mavjud bo‘lgan Farg‘ona Yo‘li ko‘chasida ham kuzatilgan.
“Ertalab soat 9:00 atrofida yo‘lga chiqqanman. Food City bozori yaqinidagi manzilimga yetib borishimga 2 soat vaqt ketdi. Avtobusdagi yo‘lovchilarning asabi charchadi. Nafaqat men, aksariyat odam ishga kechikdi,” — deydi yo‘lovchilardan biri.
Hozircha tirbandlik sabablari ochiqlanmagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar