date

Magistraturaga hujjat topshirish jarayoni boshlandi!

Magistraturaga hujjat topshirish jarayoni boshlandi!
Respublikadagi davlat oliy ta’lim muassasalari magistratura yo‘nalishlariga 2025/2026 o‘quv yili uchun hujjat topshirish jarayoni rasman start oldi. Mazkur jarayon bir hafta kechikkan holda 8 iyul kunidan boshlab faoliyat yuritmoqda.

Abituriyentlar my.edu.uz rasmiy elektron platformasi orqali tanlagan mutaxassisliklari bo‘yicha 30 iyul sanasigacha (shu kuni ham kiritiladi) onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

E’tibor bering: Magistratura bosqichiga qabul jarayonida faqat belgilangan talab darajasidagi milliy yoki xalqaro til sertifikatiga ega bo‘lgan nomzodlar ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi. Bu talab abituriyentlarning kasbiy salohiyati va bilimlarini yanada yuqori darajada baholashga qaratilgan.

Shuningdek, har bir nomzod o‘z tanlagan yo‘nalishiga mos ravishda sertifikat talablarini oldindan o‘rganishi, ro‘yxatdan o‘tish jarayonida hech qanday xatoliklarga yo‘l qo‘ymasligi tavsiya etiladi.

Bugungi kunda magistratura ta’limi nafaqat ilmiy faoliyatga, balki mutaxassis sifatida yuksalishga ham katta imkoniyat yaratadi. Shu bois, ushbu bosqichga kirishni maqsad qilganlar barcha shartlarni diqqat bilan o‘rganib chiqishlari muhimdir.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Magistraturaga hujjat topshirish jarayoni boshlandi!