date

Test sinovi o‘tkaziladigan binolar ro‘yxati tasdiqlandi

Test sinovi o‘tkaziladigan binolar ro‘yxati tasdiqlandi
Bilim va malakalarni baholash agentligi veb-saytiga 2025-2026 o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun test sinovi o‘tkaziladigan binolar bo‘yicha ma’lumotlar joylashtirildi.

Binolar manzilini ushbu havola orqali bilib olish mumkin. Unda quyidagi ma’lumotlar aks etgan:

⁃ test sinovi o‘tkaziladigan hududning rasmi;
⁃ hududga kirish joylari;
⁃ test sinovi o‘tkaziladigan joy nomi;
⁃ test sinovi o‘tkaziladigan joy manzili;
⁃ bino raqami;
⁃ test sinovi o‘tkaziladigan guruhlar;
⁃ joylarning Google xaritadagi joylashuvi (geolokatsiyasi).

Abituriyentlar 12 iyul kuni soat 12:00 dan 15:00 gacha ruxsatnomada ko‘rsatilgan manzildagi binoga borib, test sinovi o‘tkaziladigan joy bilan tanishishi mumkin.

2025-2026 o‘quv yili uchun oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun test sinovlari 14 iyuldan 23 iyulgacha, 2 smenada o‘tkaziladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Test sinovi o‘tkaziladigan binolar ro‘yxati tasdiqlandi