date

Britaniyaga o‘zbek qovuni yetkazildi: 10 tonna yuborildi

Britaniyaga o‘zbek qovuni yetkazildi: 10 tonna yuborildi
O‘zbekistonda yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga xalqaro bozorlarda talab ortib bormoqda. 2025 yilning ilk besh oyi ichida yurtimizdan Buyuk Britaniyaga eksport hajmi ikki baravarga ko‘paydi.

Ayniqsa, so‘nggi haftalarda Britaniya bozorlariga o‘zbek qovuni yetkazib berish yo‘lga qo‘yildi. Joriy iyul oyining dastlabki o‘n kunida "Uzbekistan Airways" aviakompaniyasining Toshkent–London yo‘nalishidagi reysi orqali 10 tonna qovun yuborildi. Betakror ta’mga ega ushbu qovunlar britaniyalik iste’molchilar orasida katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Shu bilan birga, bu yil dukkakli mahsulotlar, quritilgan mevalar va turli yong‘oqlar – jumladan, mayiz, gilos, no‘xat, mosh, uzum va o‘rik mag‘zining eksporti ham faollashdi. Bugungi kunda o‘zbek mahsulotlari Britaniyaning yirik savdo tarmoqlarida sotilmoqda.

Mutaxassislar fikricha, bu tendensiya agrosanoatga qaratilayotgan e’tibor, mahsulotlar sifati xalqaro standartlarga javob berishi va logistika yo‘nalishlarining takomillashganini ko‘rsatadi. Natijada milliy mahsulotlarimiz jahon bozorida o‘z o‘rnini mustahkamlab bormoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Britaniyaga o‘zbek qovuni yetkazildi: 10 tonna yuborildi