
2025-yilning ikkinchi choragida O‘zbekistonda ichki yuk tashish xizmatlari tariflari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 37% ga oshgan, deb ATI Xalqaro yuk tashish birjasi ma’lum qildi, deb Kursiv xabar berdi.
ATI tahlilchilariga ko‘ra, ichki yuk tashish bozorida sezilarli faollik kuzatilmoqda. Butun mamlakat bo‘ylab yuk yetkazib berishga oid arizalar soni o‘tgan yilga nisbatan 73% ga oshgan.
Ushbu tendensiya Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari bilan ham tasdiqlanadi. 2025-yilning dastlabki besh oyida transport xizmatlari bozori 14% ga oshib, 70,7 trln so‘mga yetgan.
Eksport yuk tashish tariflari esa o‘tgan yil darajasida qolgan. Biroq xorijga yuk jo‘natish bo‘yicha arizalar soni chorak yakunlariga ko‘ra 89% ga oshgan. Eng ko‘p o‘sish Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Belarus yo‘nalishlarida qayd etilgan.
Import yuk tashish arizalari soni o‘tgan yilga nisbatan 34% ga oshgan bo‘lsa-da, oldingi chorakka nisbatan 15% ga kamaygan. Tashuvchilar tomonidan qo‘llanilayotgan tariflar esa barqarorligicha qolgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar