Sifatsiz mahsulot haqida xabar bersangiz mukofotlanasiz

1 daqiqa o'qish236
Sifatsiz mahsulot haqida xabar bersangiz mukofotlanasiz

O‘zbekistonda sifatsiz mahsulotlar to‘g‘risida axborot bergan shaxslarni moddiy jihatdan rag‘batlantirish taklifi qonunchilik muhokamasiga qo‘yildi. Bu haqda Adliya vazirligi 21 avgust kuni jamoatchilikka taqdim etgan “Bozor nazorati to‘g‘risida”gi qonun loyihasida ma’lum qilindi.

Nomuvofiq mahsulot haqida xabar berish tartibi

Loyihaga ko‘ra, bozorga chiqarilgan mahsulot belgilangan majburiy talablarga javob bermasa, bundan xabardor bo‘lgan iqtisodiy operator — ya’ni ishlab chiqaruvchi, import qiluvchi yoki tarqatuvchi — bu haqda Bozor nazorati organini 10 kun ichida xabardor qilishi shart.

Shuningdek, ishlab chiqaruvchining vakolatli vakili yoki import qiluvchi olingan ma’lumotni ishlab chiqaruvchiga o‘n kun ichida yetkazishi majburiy hisoblanadi.

Iqtisodiy operator hisoblanmaydigan oddiy fuqaro ham bozor nazorati organiga ma’lumot yuborish huquqiga ega. Qonunchilikda ularni moddiy rag‘batlantirish tartibi joriy qilinishi mumkinligi qayd etilgan.

Davlatning vazifalari

Qonun loyihasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi quyidagilarni amalga oshiradi:

nomuvofiq mahsulot haqida xabar bergan shaxslarni moddiy mukofotlash tartibini 4 oy ichida tasdiqlaydi;

ilg‘or xorijiy tajriba asosida ma’naviy zararni aniqlash uslubiyotini 6 oy muddatda ishlab chiqishni ta’minlaydi;

hukumat qarorlarini qonun talablariga muvofiqlashtiradi;

ijro organlari o‘z me’yoriy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqib, qonunga zid bo‘lganini bekor qiladi.

Sudlar bazasi shakllantiriladi

Loyihaga ko‘ra, O‘zbekiston Oliy sudi uch oy ichida oxirgi uch yil davomida ma’naviy zarar to‘lovi tayinlangan sud ishlari bo‘yicha ma’lumotlar bazasini yaratadi. Bu baza muntazam yangilanib turiladi va sudlar ma’naviy zarar bilan bog‘liq ishlar yuzasidan qaror chiqarishda undan foydalanishi mumkin bo‘ladi.

Mutaxassislar fikri

Mutasaddilarning ta’kidlashicha, mazkur tashabbus aholi xavfsizligini kuchaytirishga, bozorda sifatsiz mahsulot aylanishiga chek qo‘yishga va fuqarolarning huquqlarini samarali himoya qilishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, odamlarni faol fuqarolik pozitsiyasiga undash, ya’ni sifatsiz mahsulot haqida xabar berib, jamiyat manfaatiga hissa qo‘shish imkoniyatini yaratadi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?