date

O‘zbekistonga kelgan sayyohlar soni ochiqlandi

O‘zbekistonga kelgan sayyohlar soni ochiqlandi

O‘zbekiston Milliy statistika qo‘mitasi joriy yilning yanvar—iyul oylari bo‘yicha ahamiyatli raqamlarni e’lon qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi yetti oyda mamlakatga jami 6 million 319,1 ming nafar chet el fuqarosi tashrif buyurgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb 2,1 million nafarga ko‘paygani va 48,9 foizlik o‘sish qayd etilganini anglatadi.

Tashrif buyurgan mehmonlar tarkibiga nazar tashlasak, asosiy ulush qo‘shni davlatlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Xususan:

Qirg‘iz Respublikasidan – 1 million 846 ming nafardan ortiq;

Qozog‘istondan – 1 million 466 mingdan ziyod;

Tojikistondan – 1 million 441 ming kishi;

Rossiyadan – 536 mingdan ortiq;

Afg‘onistondan – 267 ming kishi;

Turkmanistondan – 208 mingdan ziyod mehmon kelgan.

Shuningdek, Xitoydan – 103 ming, Turkiyadan – 96 ming, Hindistondan – 38 ming va Koreya Respublikasidan 25 mingdan ortiq fuqaro tashrif buyurgan. Qolgan davlatlar hissasi esa qariyb 289 ming nafarni tashkil etgan.

Sayyohlarning kelishi maqsadlariga ko‘ra ham qiziqarli manzara yuzaga kelgan. Ulardan katta qismi — 4 million 338 ming kishi qarindoshlari bilan ko‘rishish uchun kelgan. Shu bilan birga, 949 mingga yaqin inson to‘liq sayyohlik maqsadida O‘zbekistonni tanlagan. Bundan tashqari:

xizmat safari bilan – 710 mingdan ziyod kishi;

tijorat ishlari bilan – 255 mingdan ortiq;

davolanish uchun – 54 ming nafar;

o‘qish maqsadida esa – 10 mingdan ortiq mehmon tashrif buyurgan.

Mutasaddilarning qayd etishicha, O‘zbekistonda turizm sohasi yildan-yilga kengayib, mamlakat xalqaro miqyosda ko‘proq sayyohlarni o‘ziga jalb qilayotgani bilan ahamiyatli. Bu esa nafaqat iqtisodiy rivojlanishga, balki mamlakat imijining yuksalishiga ham katta hissa qo‘shmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonga kelgan sayyohlar soni ochiqlandi