Mirziyoyev oktyabrda Bryusselda muhim uchrashuv o‘tkazadi

1 daqiqa o'qish412
Mirziyoyev oktyabrda Bryusselda muhim uchrashuv o‘tkazadi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kelasi oy Yevropaga safar qilishi kutilmoqda. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, davlat rahbari 24 oktyabr kuni Belgiya poytaxti Bryusselda bo‘ladi. Bu haqida Yevropa kengashi Prezidenti Antoniu Koshta Shavkat Mirziyoyevga yo‘llagan tabriknomasida ta’kidlagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, safar davomida Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlarda yangi bosqichni belgilaydigan muhim hujjat — Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolanishi kutilmoqda.

Antoniu Koshta o‘z maktubida:
“Siz bilan 2025 yil 24 oktyabr kuni Bryusselda bo‘lib o‘tadigan uchrashuvni intiqlik bilan kutaman. U yerda Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish imkoni paydo bo‘ladi”, — deya qayd etgan.

Shuningdek, Yevropa kengashi rahbari o‘tgan aprel oyida Samarqandda bo‘lib o‘tgan “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” birinchi sammiti haqida ham to‘xtaldi. U o‘sha tashrif davomida o‘zbek xalqiga xos samimiylik va mehmondo‘stlikni his etganini, bu voqea unda yorqin xotiralar qoldirganini ta’kidlagan.

Shu tariqa, Bryusseldagi oktyabr uchrashuvi nafaqat siyosiy muloqot, balki Yevropa va O‘zbekiston munosabatlarida yangi sahifa ochishi kutilayotgan muhim voqea sifatida baholanmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?