Poytaxtda tungi avtobuslar sayyohlik yo‘nalishlarini birlashtiradi

1 daqiqa o'qish312
Poytaxtda tungi avtobuslar sayyohlik yo‘nalishlarini birlashtiradi

Toshkent shahar hokimligi poytaxtda turizm yo‘nalishlarini bir-biriga bog‘laydigan yangi transport tizimini yo‘lga qo‘yishini ma’lum qildi. Yangi tartibga ko‘ra, endi soat 22:00 dan ertalabki 06:00 gacha maxsus “tungi avtobuslar” harakatlanadi. Ular orqali yo‘lovchilar aeroport, temiryo‘l vokzali, metro bekatlari, yirik bozorlar, savdo markazlari va talabalar yotoqxonalariga bemalol yetib olishlari mumkin bo‘ladi.

Hokimlik ma’lumotlariga ko‘ra, dastlabki bosqichda 15 ta yo‘nalish ishga tushiriladi va avtobuslar har yarim soatda qatnaydi. Maxsus yo‘nalishlarda qatnaydigan avtobuslar oddiy transportdan farqli ravishda qizil rangga bo‘yaladi va “T1”, “T2” kabi raqamlar bilan belgilanadi. Shu orqali ularni boshqalardan oson ajratish mumkin bo‘ladi.

Avtobuslar zamonaviy talablarga javob beradi: salonlar konditsioner va bepul Wi-Fi bilan jihozlanadi, videokuzatuv tizimi o‘rnatiladi, imkoniyati cheklangan yo‘lovchilar uchun esa qulay sharoitlar yaratiladi. Yo‘lkira esa odatiy avtobuslardagi narxdan farq qilmaydi.

Poytaxt transport boshqarmasi vakili Olloyor Norbutayevning aytishicha, loyiha ikki bosqichda amalga oshiriladi va jami 54 ta avtobus yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi. Ilk yillarda xarajatlar mahalliy budjetdan qoplanadi, umumiy hisob-kitob bo‘yicha 33 milliard so‘m sarflanishi kutilmoqda. Shu bilan birga, hokimiyat bunday tizim daromaddan ko‘ra ko‘proq aholiga qulaylik yaratish maqsadini ko‘zlayotganini ta’kidlamoqda.

Mutaxassislar fikricha, poytaxtda turizm oqimini oshirish va shaharning transport infratuzilmasini rivojlantirishda bu kabi qadamlar katta ahamiyatga ega. Yo‘lovchilar uchun qulay va xavfsiz kechasi ham harakatlanish imkoniyati yaratilishi shahar nufuzini oshirishi tabiiy.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?