O‘zbekistonda yo‘l fojialarini 3D modellashtirish tizimi joriy etiladi

1 daqiqa o'qish344
O‘zbekistonda yo‘l fojialarini 3D modellashtirish tizimi joriy etiladi

O‘zbekistonda sud-ekspertiza sohasi yangi bosqichga ko‘tarilishi mumkin. Davlat rahbari ishtirokida o‘tgan yig‘ilishda yo‘l-transport hodisalari tahlillari uchun zamonaviy 3D modellashtirish texnologiyalarini joriy etish masalasi ko‘rib chiqildi, deb xabar berdi Prezident matbuot xizmati.

Hozirgi paytda Xadicha Sulaymonova nomidagi sud-ekspertiza markazida 64 turdagi ekspertiza o‘tkaziladi. Biroq ularning yarmigina hududlarda amalga oshirilmoqda. Bu esa joylarda ekspert xulosasi olish jarayonida ortiqcha vaqt va xarajat talab qilayotganini ko‘rsatadi.

Shu munosabat bilan imtihon va ekspertizalarni tashkil etishga yangicha yondashuv belgilab olindi. Ya’ni hududiy markazlarning moddiy-texnik bazasini kuchaytirish, o‘tkaziladigan ekspertiza turlarini 15 tadan 25 tagacha oshirish rejalashtirilmoqda.

Yangi tizimda inson omilini minimallashtirish, xolislik va shaffoflikni ta’minlash uchun raqamli texnologiyalardan keng foydalaniladi. Avtomatlashtirilgan dasturlar yordamida imtihon jarayoni nazorat qilinadi, surishtiruv va tergov organlari bilan ekspertiza muassasalari o‘rtasidagi hujjatlar to‘liq elektron formatda almashiladi.

Eng muhim yangiliklardan biri — YTH sodir bo‘lgan joyni 3D modellashtirish xizmatini joriy etishdir. Bu texnologiya voqea tafsilotlarini aniqroq o‘rganish, foto va videotexnika ekspertizasini samarali o‘tkazish imkonini beradi. Shu tariqa, sud ishlarida xulosalar aniqligi va ishonchliligi yuqori darajaga ko‘tariladi.

Shuningdek, nodavlat sud ekspertizasi faoliyatini kengaytirish, alohida byurolar shaklida mustaqil amaliyot yuritish huquqini berish va O‘zbekiston Sud ekspertlari palatasini tashkil etish takliflari ham qo‘llab-quvvatlandi.

Mutasaddilarning ta’kidlashicha, bu kabi o‘zgarishlar nafaqat ekspertiza tizimini zamonaviy talablarga moslashtiradi, balki fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilishda adolat va shaffoflikni ta’minlaydi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?