Maktab bitiruvchilariga oliygohning 2-kursida o‘qish imkoni

1 daqiqa o'qish290
Maktab bitiruvchilariga oliygohning 2-kursida o‘qish imkoni

O‘zbekistonda ta’lim sohasida yana bir yangi islohot joriy etiladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 9 sentyabr kuni o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilinishicha, yendi maktabni yuqori baholar bilan tamomlagan iqtidorli yoshlar ayrim oliy ta’lim muassasalarining 2-kursiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilinadi, deb xabar berdi kursiv.media.

Yangi tizim nimani anglatadi?

Avval talabalar maktabdan keyin oliygohning 1-kursiga kirib, keyin bosqichma-bosqich o‘qishni davom ettirar edi. Yangi islohot orqali esa tajribasi va bilim saviyasi yuqori bo‘lgan maktab bitiruvchilari vaqtni tejab, to‘g‘ridan-to‘g‘ri 2-kursdan boshlab o‘qish imkoniga ega bo‘ladi. Bu eng avvalo, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning salohiyatini amaliyotda ro‘yobga chiqarishga xizmat qiladi.

Yangicha maktablar va ularning roli

Prezident ta’kidlaganidek, iqtidorli o‘quvchilar uchun maxsus imkoniyatlar yaratish maqsadida qator filial maktablar tashkil etiladi. Jumladan:

  • axborot texnologiyalari sohasida – Al-Xorazmiy maktablari,

  • muhandislik yo‘nalishida – Mirzo Ulug‘bek maktablari,

  • tabiiy fanlarda – Ibn Sino maktablari.

Eng qizig‘i shundaki, bu maktablar hududlardagi texnika oliygohlariga nomma-nom biriktiriladi. Natijada o‘quvchilarning oliy ta’limga qadam qo‘yishi yanada tizimli va manzilli bo‘ladi.

Xalqaro olimpiadalar – O‘zbekistonda

Yangi yangiliklardan yana biri – 2026 yilda maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi eng nufuzli ikkita xalqaro olimpiada – kimyo va informatika bo‘yicha bellashuvlar ilk bor Markaziy Osiyo davlatlari ichida, aynan O‘zbekistonda tashkil etiladi.

Poytaxt Toshkentda o‘tadigan mazkur olimpiadalarni yuqori saviyada o‘tkazish vazifasi Bosh vazir zimmasiga yuklatildi. Bu esa O‘zbekistonning xalqaro nufuzini oshirish bilan birga, mahalliy yoshlar uchun ham katta rag‘bat bo‘lishi kutilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?