Karimovlar oilasida yana bir mojaro oshkor bo‘ldi

2 daqiqa o'qish23.6K
Karimovlar oilasida yana bir mojaro oshkor bo‘ldi

O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimovning nabirasi va bloger Maryam Tillyayeva onasi — Lola Karimova-Tillyayeva bilan munosabatlari uzilgani haqida ochiq-oydin gapirdi. Uning ta’kidlashicha, oradan besh yil o‘tishiga qaramay, ular orasida biron marta ham muloqot bo‘lmagan. Bu haqda Maryam 15 sentyabr kuni Instagram sahifasida obunachilarning savollariga javob berganida ma’lum qildi.

Blogerning so‘zlariga ko‘ra, u o‘z qarindoshlari ichida muloqotni butunlay uzgan yagona inson — onasi ekanini qayd etdi.

“Men uning o‘zini tutishini juda g‘alati deb o‘ylayman. U doimo o‘zini boshqalarga yaxshi ko‘rsatishga harakat qiladi, ba’zan esa jabrdiyda ayol qiyofasini namoyon qiladi. Lekin, o‘z yurtiga kelganida ham, onasining uyiga kirmagani va begonadek o‘zini tutishi men uchun tushunarsiz”, — deb yozadi Maryam.

Uning ta’kidlashicha, dastlab bu holat unga og‘ir ta’sir qilgan, ammo vaqt o‘tishi bilan bunga ko‘nikkan. Hatto shunchaki buni “onam shunday inson ekan” degan fikr bilan qabul qilishga majbur bo‘lgan. Shu bilan birga, ukasi va singlisi uchun qattiq achinishini bildirgan.

Maryam oilaviy mojarolar yillar davomida tobora ortib borganini aytib, “qaysi kuni yarashishimiz mumkinligini bilmayman, chunki onamni kun sayin tanimay qolyapman”, deya izoh berdi. Uning fikricha, Lola Karimova-Tillyayeva ommaviy e’tiborni qozonish uchun ko‘p ishga qo‘l uradigan odamdek ko‘rinadi.

Shu bilan birga, Maryam onasining unga qarshi nosog‘lom raqobatga kirishishga urinishini ham his qilayotganini qo‘shimcha qildi. “Bu so‘zlarim mantiqqa to‘g‘ri kelmas, axir u meni dunyoga keltirgan. Men 50 foiz onam, 50 foiz otamman. Qanday qilib men raqib bo‘lishim mumkin?”, — deya izhor qildi bloger.

Oilasi haqida gapirar ekan, u ba’zi voqealarni oshkor qilmasligini, bunga buvisi Tatyana Karimova va boshqa qarindoshlariga hurmat sabab bo‘lishini ta’kidladi.

Obunachilardan biri Maryamning oilasiga havas qilmasligini aytganida, bloger ham bu fikrga qo‘shildi: “Mening do‘stlarim ham hech qachon havas qilmagan. Chunki yuqori mansab yoki pul oilaviy tinchlik va sog‘lom munosabatlarga teng kelmaydi”.

Maryam Tillyayeva endi o‘z hayotini boshqacha yo‘nalishda davom ettirishni qaror qilganini bildirdi: “Men endi hayotimdan zavqlanib yashayman, o‘zim istagan ishni qilaman. Yaqinlarimning xatti-harakatlari uchun javobgar emasman. Men Tereza ona emasmanki, hammani qutqaray. Faqat o‘z hayotimni yashayman va o‘z oilamni quraman”.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?