Joriy yilning yanvar-iyul oylarida umumiy hisobda 8 mingga yaqin O‘zbekiston fuqarosi turistik maqsadlarda AQSHga safar qilgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi rasmiy ma’lumot berdi.
Qo‘mitaning ma’lum qilishicha, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslanganda 996 nafarga yoki 14,3 foizga ko‘paygan. Bu esa O‘zbekistonliklarning AQSHga safar qilishdagi qiziqishi va sayohat imkoniyatlariga bo‘lgan talabning ortganini ko‘rsatmoqda.
Joriy yilning 7 oyida AQSHga borgan O‘zbekiston fuqarolarining safar maqsadlari bo‘yicha taqsimot quyidagicha:
-sayyohlik maqsadida – 5683 nafar;
-qarindosh va yaqinlarini ko‘rish uchun – 1978 nafar;
-o‘qish va ta’lim olish uchun – 179 nafar;
-xizmat yuzasidan ish safari uchun – 104 nafar;
-davolanish maqsadida – 23 nafar.
Shu bilan birga, eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHda qonuniy qolish huquqiga ega bo‘lmagan 39 nafar O‘zbekiston fuqarosi ushbu davlatdan deportatsiya qilingani haqida ham xabar berilgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!