Toshkent metrosida yo‘lovchilar uchun yangi infokioskalar ishga tushdi

1 daqiqa o'qish352
Toshkent metrosida yo‘lovchilar uchun yangi infokioskalar ishga tushdi

Toshkent metropolitenida yo‘lovchilar uchun yana bir qulaylik yaratildi. Poytaxt metrosida zamonaviy infokioskalar ishga tushirilib, ular orqali endi yo‘lovchilar naqd pul evaziga qog‘oz chipta xarid qilishlari mumkin.

Hozirgi vaqtda 24 ta infokioska faoliyat boshlagan bo‘lib, ular har bir bekatning kirish qismida o‘rnatilmoqda. E’tiborli jihati shundaki, qurilmalar to‘lov vaqtida naqd pulni maydalamaydi — agar mablag‘ ortiqcha kiritilsa, qoldiq summa yo‘lovchining mobil telefon raqamiga o‘tkaziladi.

Loyiha tashkilotchilarining aytishicha, infokioskalar bosqichma-bosqich ko‘paytiriladi va yil yakuniga qadar ularning soni 200 taga yetkazilishi rejalashtirilgan. Shu tariqa, poytaxt metrosining barcha 50 ta bekati zamonaviy qurilmalar bilan jihozlanadi.

Kelgusida infokioskalarning imkoniyatlari yanada kengaytirilishi ko‘zda tutilgan. Ular orqali uy-joy kommunal xizmatlari va mobil aloqa uchun to‘lovlarni amalga oshirish, kartalardan mablag‘ yechish hamda boshqa turli interaktiv xizmatlardan foydalanish mumkin bo‘ladi.

Mazkur loyiha ATTO va Toshkent metropoliteni hamkorligida, yetakchi fintex kompaniyalardan biri — Alif tomonidan amalga oshirilmoqda. Mutaxassislar ta’kidlashicha, infokioskalar tizimni raqamlashtirish, yo‘lovchilarga tezkor xizmat ko‘rsatish va ularning vaqtini tejashda muhim qadam hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq metro kassalari qisqartirilishi bilan bog‘liq ravishda ayrim xodimlar qayta tayyorlanishi va yangi kasblarga yo‘naltirilishi haqida ma’lum qilingandi. Bu esa transport sohasida raqamli islohotlar tobora kengayib borayotganini ko‘rsatadi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?