Saida Mirziyoyeva JST rahbari bilan muhim muzokara o‘tkazdi

1 daqiqa o'qish950
Saida Mirziyoyeva JST rahbari bilan muhim muzokara o‘tkazdi

17 sentyabr kuni Jeneva shahrida O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Jahon savdo tashkiloti (JST) Bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Mirziyoyeva o‘zining shaxsiy ijtimoiy tarmoq sahifasida xabar berdi.

Suhbat davomida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayoni, JSTga a’zo bo‘lish yo‘lidagi istiqbollar hamda jarayonda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklar muhokama qilindi. Saida Mirziyoyeva fikr almashuv chog‘ida O‘zbekistonning xalqaro savdo tizimida o‘z majburiyatlarini sidqidildan bajarishga intilayotganini ta’kidladi.

Shu bilan birga, u Ngozi Okonjo-Ivealaga rahbar sifatidagi kuchli liderligi va doimiy qo‘llab-quvvatlashi uchun samimiy minnatdorlik bildirdi. Muzokaralarda ishonch va hamkorlikning global savdo jarayonlarida tutgan o‘rni alohida qayd etildi.

Aytish joizki, bu ikki rahbarning ilk uchrashuvi emas. 2023 yil iyun oyida Toshkentda o‘tgan “O‘zbekistondagi iqtisodiy islohotlar va JSTga a’zo bo‘lish jarayoni” mavzusidagi konferensiyada ham ular yuzma-yuz muloqot qilgan. Shuningdek, o‘sha yili sentyabrda ham Saida Mirziyoyeva Jenevaga tashrif buyurib, JST rahbari bilan uchrashgan edi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 14 may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev JSTga a’zo bo‘lish jarayonini tezlashtirish masalasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazgandi. Davlat rahbari ushbu jarayonni tizimli va sifatli tashkil etish yuzasidan aniq topshiriqlar bergan.

Mutaxassislar fikricha, O‘zbekistonning JSTga qo‘shilishi mamlakat uchun yangi bozorlar eshigini ochishi, raqobatbardoshlikni kuchaytirishi va milliy iqtisodiyotning global integratsiyasiga turtki bo‘lishi mumkin.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?