19 sentyabr kuni soat 22:00 atrofida Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumanida qonli yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Furqat mahallasi hududidan o‘tuvchi mahalliy ahamiyatdagi «Sholikor–Sirdaryo» yo‘lining 1-chaqirig‘ida 2010 yilda tug‘ilgan bola D.A. otasiga tegishli «Lasetti» avtomashinasini (otasidan beruxsat) boshqarib harakatlangan. U yuqori tezlik sababli boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi ariqqa tushib ketgan.
Afsuski, mashina ichida bo‘lgan ikki nafar voyaga yetmagan yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘ldi. Haydovchi esa og‘ir holatda tuman tibbiyot birlashmasining Jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi ochilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!