Abituriyentlar uchun 6-yo‘nalish imkoniyati yaratildi

2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriat yo‘nalishlaridagi bo‘sh o‘rinlarga qo‘shimcha qabul qilinib, abituriyentlarga 6-yo‘nalishni tanlash imkoniyati beriladi. Unda 2025-yilgi kirish imtihonlarida 56,7 ball va undan yuqori natija ko‘rsatgan, ammo talabalikka tavsiya etilmaganlar hamda ro‘yxatdan o‘tishning ikkinchi bosqichida yo‘nalish tanlamaganlar qatnashishi mumkin. Onlayn ro‘yxatdan o‘tish 2025-yil 25-sentabrdan 3-oktabrgacha my.uzbmb.uz orqali amalga oshiriladi.
Davlat qabul komissiyasi ma’lumotiga ko‘ra, 2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida bo‘sh qolgan o‘rinlarga qo‘shimcha qabul amalga oshiriladi, deb uz24.uz xabar berdi. Ya’ni abituriyentlarga 6-yo‘nalish imkoniyati beriladi.
Bu imkoniyatdan kimlar foydalanishi mumkin?
– 2025-yilgi kirish imtihonlarida 56,7 ball va undan yuqori natija ko‘rsatgan, ammo talabalikka tavsiya etilmaganlar;
– ro‘yxatdan o‘tishning ikkinchi bosqichida yo‘nalish tanlamay qolgan abituriyentlar.
– 2025-yil 25-sentabrdan 3-oktabrgacha my.uzbmb.uz orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tish mumkin;
– ro‘yxatdan o‘tganlar to‘plagan ballari bo‘yicha ketma-ketlikda bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabaga tavsiya etiladi;
– ro‘yxatdan o‘tish jarayonida fanlar majmuasiga mos yo‘nalishni tanlash mumkin;
– tanlov natijalari 2025-yil 8-oktabrgacha e’lon qilinadi va oliy ta’lim tashkilotlariga yuboriladi.
Vakant o‘rinlar haqidagi ma’lumotlar BMAA rasmiy saytida e’lon qilinadi. Abituriyent yo‘nalish tanlayotganda faqat fanlar majmuasiga mos va bo‘sh o‘rin mavjud yo‘nalishlarni ko‘rishi mumkin.































Izohlar 0
…