Jizzax shahrida auksion orqali noturar bino sotib olgan fuqaro S.S. o‘z mulkini qabul qilib olishi uchun sudga murojaat qilishga majbur bo‘ldi. Sababi — binodan avvalgi egalari chiqishni istamagan edi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha sud qaroridan so‘ng, Byuroning Jizzax shahar bo‘limi davlat ijrochilari tomonidan majburiy ijro harakatlari amalga oshirildi. Sud hujjatiga ko‘ra, javobgar T.Sh. va boshqalar salondan chiqarilishi kerak edi.
Davlat ijrochisi qarzdorlarga ko‘chirish kuni va vaqti haqida rasman ma’lum qildi. Ular hozir bo‘lmasa ham, bu ijroni amalga oshirishga to‘sqinlik qilmasligi haqida ogohlantirildi.
Ko‘chirish jarayoni xolislar va mutasaddi tashkilot vakillari ishtirokida o‘tkazildi.
Natijada, salon rasmiy ravishda yangi egasi — fuqaro S.S. ixtiyoriga topshirildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!