
Rossiyadan neft yetkazib berishdagi uzilishlar ortidan O‘zbekiston yoqilg‘i import yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilishga kirishdi.
2025 yilning birinchi yarmida Rossiyadan neft va kondensat olib kelish hajmi ikki barobarga qisqargan. Shu bilan birga:
- Turkmanistondan xomashyo 5 barobarga ko‘paydi;
- Qozog‘istondan gaz kondensati qariyb 3 martaga o‘sdi;
- benzin importi qariyb 10 barobar oshdi;
- dizel miqdori ko‘paydi, ammo mazutniki kamaydi, chunki mamlakat undan voz kechishni rejalashtirmoqda;
- Rossiyadan kelgan aviakerosin hajmi ortib, Toshkentda katta zaxira yaratildi.
Shu tariqa, O‘zbekiston neft mahsulotlari importida Rossiyaga bog‘liqlikni pasaytirar ekan, qo‘shni Qozog‘iston va Turkmaniston bilan hamkorlikni mustahkamlayapti.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.