Prezident Mirziyoyev ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

1 daqiqa o'qish486
Prezident Mirziyoyev ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

1 oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev barcha pedagoglarga samimiy tabrik yo‘lladi. Prezident matbuot xizmati ma’lumotida qayd etilishicha, davlat rahbari ustoz va murabbiylarning jamiyat taraqqiyotidagi beqiyos o‘rnini alohida ta’kidlagan.

Prezident o‘z tabrigida:
“Siz, aziz ustozlar, hayotini dunyodagi eng ulug‘ va sharafli ishga — yosh avlodni bilimli, ma’naviy yetuk va vatanparvar qilib tarbiyalashga bag‘ishlagan muqaddas soha egalariga chin qalbimdan minnatdorchilik bildiraman. Yangi O‘zbekiston kelajagini bunyod etishdagi xizmatlaringiz benihoya kattadir”, — deya ta’kidladi.

Shuningdek, davlat rahbari kelgusi islohotlar haqida ham to‘xtalib o‘tdi. 2026 yildan boshlab Qoraqalpog‘iston va barcha viloyatlarda Prezident maktablari singari “Yangi avlod” bog‘chalari tashkil etilishi ma’lum qilindi. Bu yerda tarbiyachilar zamonaviy pedagogik texnologiyalarni chuqur o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Yangi o‘quv yilidan esa mamlakat ta’lim tizimida muhim yangiliklar joriy etiladi. Jumladan, 12 yillik umumiy maktab ta’limi tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish, 9 va 11-sinf o‘quvchilari uchun yagona davlat imtihonlarini joriy qilish rejalashtirilmoqda. Imtihon natijalari esa bitiruvchilarga texnikum yoki oliy ta’lim muassasalariga to‘g‘ridan to‘g‘ri kirish imkonini beradi.

Shu bilan birga, yangi yildan boshlab 15 yildan ortiq pedagogik stajga ega bo‘lgan oliy toifali o‘qituvchilar uchun qo‘shimcha ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralari amalga oshiriladi. Xususan, ularga ipoteka krediti boshlang‘ich badalining 25 foizi davlat tomonidan qoplab beriladi.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, ushbu qadamlar nafaqat ustoz va murabbiylar nufuzini oshirish, balki ta’lim tizimining samaradorligini yangi bosqichga olib chiqishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?